Suriyaning Afrin tumanidan Turkiyaning Kilis viloyatiga raketa kelib tushdi

Terror tashkiloti PKK va PYD tomonidan otilgan raketa oqibatida 4 kishi yaralandi.

901815
Suriyaning Afrin tumanidan Turkiyaning Kilis viloyatiga raketa kelib tushdi

Suriyaning Afrin tumanidan Turkiyaning Kilis viloyatiga raketa kelib tushdi.

Terror tashkiloti PKK va PYD tomonidan otilgan raketa oqibatida 4 kishi yaralandi.

Afrinda terroristlar tomonidan ishg'ol qilingan hududlardan otilgan raketa mahalliy vaqt bilan soat 17:40 da bir ishxonaga kelib tushdi.

Qutqaruvchilar ishxonadan 4 kishini olib chiqdi.

Yaradorlar Kilis davlat shifoxonasiga yotkizildi.

"2 ta raketa kelib tushdi. Biri bir ishxonaga tushdi, biri esa bir oshxonaga tushdi. 4 kishi yaralandi",-dedi Kilis shahar hokimi Mehmet Tekinarslan.

Tekshiruvlar davom etmoqda.

Chegaradagi harbiy bo'linmalar terroristlarga zarba berdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #raketa , #Kilis , #Afrin , #Suriya

Aloqador xabarlar