Terroristlar Suriyadan Turkiyaga qarshi raketa hujumi uyushtirdi

Afrindagi PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkiloti a’zolari tomonidan Turkiyaning Hatay viloyatining Reyhanli tumaniga qarshi raketa hujumi uyushtirildi.

897457

Olingan ma’lumotga ko’ra kecha soat 21:10 da terroristlarning Afrindan otgan raketasi, tumandagi Deg’irmenbashi mahallasidagi bosh maydonga kelib tushgan.

Mintaqaga ko’plab tez yordam mashinasi bilan o’t o’chiruvchi mashina yuborilar ekan voqeada jon bergan yoki tan jarohati olganlar kuzatilmagan.

Politsiya xodimlari terror hujumi bo’yicha tegishli tekshiruv ishlarini boshlatar ekan, chegaradagi artileriya va ko’p stvolli raketa batareyalari o’sha zahotiyoq terror tashkiloti mavzelariga qarshi javob tariqasida hujum qilgan.

Aloqador xabarlar