TQKning Afrin harakatini muxolifat partiyalar ham qo’llab-quvvatladi

Bosh vazir Binali Yildirim Afrinni terroristlardan qutqarib olish amaliyoti bo’yicha muxolifat partiya raislariga ma’lumot berdi.

893897
TQKning Afrin harakatini muxolifat partiyalar ham qo’llab-quvvatladi

Bosh vazir Binali Yildirim Afrinni terroristlardan qutqarib olish amaliyoti bo’yicha muxolifat partiya raislariga ma’lumot berdi.

Shu doirada Bosh vazir Milliyatchi harakat partiyasi raisi Devlet Bahcheli bilan kecha, Chankaya ko’shkida yuzma-yuz uchrashuv o’tkazdi.

Bosh vazir Binali Yildirim amaliyotning tinchlik, huzur va sog’lik-salomatlik olib kelishini ko’zda tutgan amaliyot ekanligini qayd etdi.

Devlet Bahcheli esa, “Bir jihatdan diplomatik, bir jihatdan qurolli kuchlar, bir jihatdan esa xalq e’tiborini jalb etish masalasida yaxshi rejalashtirilgan amaliyot ekanligiga e’tibor qaratmoqda. Judayam muhim amaliyotdir. Qolaversa nomi ham, qamrab olgan doirasi ham katta ma’noga ega” dedi.

Bosh vazir Yildirim esa, mamlakat masalasidagi uquvliligi uchun MHP raisiga minnatdorchilik bildirdi.

Bosh vazir Binali Yildirim Germaniyada safarda bo’lgan Jumhuriyat xalq partiyasi raisi Kemal Kilichdaro’g’liga esa qo’ng’iroq qilib, mavzu haqida ma’lumot berdi.

Kilichdaro’g’li ham, “Afrinda kurashgan askarlarimizni Ollox qo’llab-quvvatlagan bo’lsin” deya duo qildi.

 



Aloqador xabarlar