Chavusho’g’li, Turkiyaning Afrin amaliyoti haqida ma’lumot berdi

Mevlut Chavusho’g’li AQShning, Turkiya chegarasida terror armiyasi tashkil etish haqidagi bayonotini baholadi va bu doiradagi AQSh bayonotining qoniqarli emasligini qayd etdi.

891607
Chavusho’g’li, Turkiyaning Afrin amaliyoti haqida ma’lumot berdi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Amerika Qo’shma Shtatlarining “Suriyada chegara armiyasi tashkil etilmasligi” haqidagi bayonotlarining Afringa qarshi uyushtiriladigan amaliyotning keyingiga qoldirilishiga yo’l ocholmasligini qayd etdi.

Mevlut Chavusho’g’li AQShning, Turkiya chegarasida terror armiyasi tashkil etish haqidagi bayonotini baholadi va bu doiradagi AQSh bayonotining qoniqarli emasligini qayd etgan holda,

“Bu vaziyatni davom ettirgudek bo’lsa unda Suriyaning kelajagi ham xavf ostida qoladi” dedi.

Chavusho’g’li xususiy bir telekanalda Suriyaning Afrin shahridagi terrorist unsurlarini nishonga olgan amaliyot haqida ma’lumot berdi.

Chavusho’g’li bu haqida,

Amerika Qo’shma Shtatlari bizga Manbij haqida bergan va’dasining ustidan chiqmadi. PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkiloti mintaqani tark etmadi. Biz konkret natija ko’rishimiz darkor. Shunday yoki bunday deyishlik bizni qoniqtirmaydi. Bundan buyon AQShdan konkret qadam tashlashini kutamiz” deya gapirdi.  

“YPG terror tashkiloti qo’lidagi qurollarni yig’ib olish haqida va’da bergan edilar. Bergan qurollarining seriya raqamlarini olib, Rakka amaliyoti ortidan toplab olmoqchi edilar. Buning imkonsiz ekanligini qayta-qayta aytdik lekin natija o’rtada. AQSh kabi bir davlat, bergan va’dasining ustidan chiqmadi. AQSh xavfsiz bo’lmasa, birgalikda kim hamkorlik qiladiki?” degan ifodalarga o’rin berdi.

Mevlut Chavusho’g’li,

“(AQSh tomonidan berilgan oxirgi) bayonotlar uchun Afrin amaliyoti keyingiga qoldiriladimi? degan savolga qarshi “yo’q” deb javob berdi.

Tashqi ishlar vaziri yaqinda amalga oshiriladigan Turkiyaning Afrin amaliyoti haqida,

“Havodan mudohala qilish uchun koordinatsiya shart. Buning uchun Rossiya va Eron bilan uchrashuv o’tkazmoqdamiz. Qanday qilib Idlib shahriga kuzatuvchi joylashtirish faoliyati Ostonadagi koordinatsiya orqali amalga oshgan bo’lsa, bu vaziyat ham huddi ana shunday amalga oshadi” degan ifodalarga o’rin berdi.

Aytib o’tish joizki Turkiya AQShning “terror armiyasi” haqidagi bayonotlariga qattiq e’tiroz bildirganidan keyin AQSh ham kecha ikki marotaba bayonot bergan edi.

Bu borada Mudofaa vaziri Pentagon, “Suriyada chegara armiyasi tashkil etilmaydi” der ekan, Davlat kotibi Rex Tillerson “AQSh Turkiyaga bayonot berishga majbur. Suriyada chegara armiyasi tashkil etish niyatimiz yo’q” degan edi.

 



Aloqador xabarlar