Akar:“DAIShga qarshi kurash qanchalik muhim bo’lsa, YPGga qarshi kurash ham shunchalik muhim"

Turkiya Harbiy bosh shtabi rahbari general Hulusi Akar Belgiyaning poytaxti Brusselda NATO harbiy komiteti harbiy bosh shtab rahbarlari sammiti ochilishida so’zga chiqdi.

889578

U so’zlagan nutqida terror tashkiloti PKKning hamkori ekanligi dalillar bilan isbotlangan YPGga harbiy yordam ko’rsatish va qurol bilan ta’minlashlariga yo’l qo’ymasligini ta’kidladi.

“PKKning hamkori ekani oshkora dalillar bilan isbotlangan terror tashkiloti YPGning “harbiy hamkor” sifatida qo’llab quvvatlanishi va qurol bilan ta’minlanishiga yo’l qo’ymaymiz. Ko’p o’tmay, bu xatodan qaytiladi degan umiddaman”,-dedi Hulusi Akar so’zlagan nutqida.

Hulusi Akar sammitda NATOga a’zo davlatlarning harbiy bosh shtabi rahbarlariga hitob qilar ekan, “NATO terrorizmga qarshi kurash bo’yicha terrorist guruhlarni bir-biridan ajratmasligi kerak”,-dedi.

Akar: “DAIShga qarshi kurash qanchalik muhim bo’lsa, PKK, PYD, YPG, Fathulloh Gulen harakatiga qarshi kurash ham shunchalik muhimdir”,-dedi.

Aloqador xabarlar