Vladimir Putin va Rajap Tayyip Erdo'g'an Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi

Suhbatda Erdo'g'an Putindan Beshar Asad rejimi tomonidan Suriyaning Idlib va Guta viloyatlariga sodir qilinayotgan hujumlarni darhol to'xtatilishiga o'z hissasini qo'shishini talab qildi.

886501
Vladimir Putin va Rajap Tayyip Erdo'g'an Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefonda muloqot qildi.

Rossiya tomonining talabiga binoan amalga oshirilgan muloqotda Turkiya-Rossiya munosabatlari shuningdek, atom hamkorlik kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi.

Bundan tashqari, Suriyadagi jarayon bo'yicha fikr almashildi.

Suhbatda Erdo'g'an Putindan Beshar Asad rejimi tomonidan Suriyaning Idlib va Guta viloyatlariga sodir qilinayotgan hujumlarni darhol to'xtatilishiga o'z hissasini qo'shishini talab qildi.

Vladimir Putin esa, Rossiyaning Suriyadagi harbiy bazalariga hujum qilinganligini eslatib, "Bu hujumlarning na turk askari, na Turkiya hukumati bilan aloqasi bor. Bu hujumlarning orqasiga kimlarning qo'li borligini bilamiz",-dedi.

"Hmeymimdagi rus harbiy bazasiga uchuvchisiz havo vositalari bilan sodir qilingan hujum o'ta ustalik bilan rejalangan. Maqsad Rossiyaning Turkiya va boshqa hamkor davlatlar bilan munosabatlarini buzish bo'lgan",-dedi Vladimir Putin.



Aloqador xabarlar