Prezident Erdog’an bugun amaliy tashrif bilan Fransiyada edi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an amaliy tashrif bilan bir kunligiga Fransiya poytaxti Parijga borar ekan u yerda kasbdoshi Emmanuel Macron bilan matbuot anjumani uyushtirdi.

882718
Prezident Erdog’an bugun amaliy tashrif bilan Fransiyada edi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an amaliy tashrif bilan bir kunligiga Fransiya poytaxti Parijga borar ekan u yerda kasbdoshi Emmanuel Macron bilan matbuot anjumani uyushtirdi.

Anjuman chog’ida Erdog’an, Turkiyaning Yevropa ittifoqi tarkibiga kirish jarayonida ittifoqning har doimgidek chalg’itish taktikasi yuritganligini va bu jarayonning Turk hukumati va xalqini jiddiy ravishda charchatganligini belgilab o’tdi. 

Erdog’an shuningdek, EUROSAM konsortsiumi shartnomasiga qo’l qo’yganliklarini ham eslatib o’tdi.

Turkiya sifatida terrorizmga qarshi kurash asosida DEASh terror tashkilotiga qarshi kurashlarini davom ettirajaklarini qayd etgan Erdog’an, “Do’stlarimga PYD/ YPG terror tashkilotining ham huddi DEASHdek PKK terror tashkilotining qanoti ekanligini aytib o’tmoqchiman. Shuning uchun ularga qarshi ham biz bilan birgalikda kurash olib borishingiz darkor” dedi.

Erdog’an, “Afsuski ba’zi do’stlarimiz DEAShga qarshi haligacha YPG va PYD terror tashkilotlarini qo’llab-quvvatlagan holda kurash olib bormoqda. Holbuki DEAShga qarshi yangi rejalar yaratilib, boshqacha yashash sharoitlari tayyorlanmoqda. Bu mavzuda ham menimcha razvedka tashkilotlarimizning bir-birlari bilan bo’lgan hamkorligini yana-da yaxshilashimiz kerak” degan ifodalarga o’rin berdi.  

Fetullahchi terror tashkiloti bilan PKK borasida Fransiyani ogohlantirgan Erdog’an, “Fransiyada FETO va PKK a’zolarining jamiyatlari, fond va ishxonalari qonuniy va tashkiliy saloyihatini rivojlantirmoqda. Agar bu vaziyatlarga e’tibor berilib, kerakli tadbirlar olinmagudek bo’lsa natijada muammo yaratilishiga ishonchim komil” dedi.

Erdog’an Quddusning statusi borasida kelasi faoliyatlarda Fransiya bilan yaqin munosabatta bo’lajaklarini qayd etdi. Suriya masalasiga ham to’xtalgan Erdog’an, muhojirlarga yordam berishni davom ettirajaklarini ifoda etgan holda, “Bizning yechim yo’limiz Asadsiz va Suriya xalqining demokratik irodasi bilan saylov o’tkazishidir” dedi. 

Erdog’an, Amerika Qo’shma Shtatlari tomonidan Suriyada PKK/PYD terror tashkilotiga yuborilgan qurollarga G’arb mamlakatining e’tiborsiz qolganligini ham eslatib o’tdi.

Macron esa o’z so’zida Falastin masalasining ikki davlat o’rtasida hal qilinishi kerakligini, Suriyada esa DEASh ortidan tinchlik va istiqrorning ta’minlanishi shartligini eslatib o’tgan holda Suriyada bir yo’l xaritasi borasida Turkiya bilan birgalikda faoliyat olib bormoqchi ekanliklarini qayd etdi.

 



Aloqador xabarlar