Erdog’an, terrorizmga qarshi kurashdagi xalqning birlik va birdamligiga to’xtaldi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Adolat va taraqqiyot partiyasining Istanbul viloyatining Sariyer tuman rahbarligiga tashrif qilar ekan ortidan partiya binosining balkonida, tashqarida, shaxsini kutgan fuqarolarga xitob etdi.

881848
Erdog’an, terrorizmga qarshi kurashdagi xalqning birlik va birdamligiga to’xtaldi

Terrorizmga qarshi kurashda qanchalik qarorli ekanliklarini ta’kidlagan Prezident Erdog’an, terroristlarga qarshi hech qanday rahm shavqat qilmasliklarini qayd etdi.  

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Adolat va taraqqiyot partiyasining Istanbul viloyatining Sariyer tuman rahbarligiga tashrif qilar ekan ortidan partiya binosining balkonida, tashqarida, shaxsini kutgan fuqarolarga xitob etdi.

O’z xitobida birlik va birdamlik masalasiga to’xtalgan Erdog’an bir millat, bitta bayroq, bir vatan, yagona davlat tushunchasining ahamiyatiga e’tibor qaratdi va bir yoqadan bosh, bir yengdan qo’l chiqargan bu millatni hech kimning bo’lolmasligini qayd etdi.  

Bo’lg’inchlik ketidan yugirgan terroristlarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borganliklarini ta’kidlagan Erdog’an, PKK terror tashkiloti a’zolarining ko’pchiligini yo’q qilganliklarini, Fetullahchi terror tashkiloti FETO a’zolarining Amerika Qo’shma Shtatlari bosh bo’lish bilan birga dunyoning turli davlatlariga qo’chganliklarini, o’tgan yili to’ntarishga tashabbus qilgan ba’zi FETO a’zolarining esa qo’lga tushirilgan holda turmaga yuborilganligi belgilab o’tildi.

Buning uchun qonun doirasida bugungacha nimalar qilingan bo’lsa bundan buyon ham o’zgarmay davom etajagini ta’kidlagan Prezident Erdog’an,

“Rahm qilmaymiz. Rahm qilgudek bo’lsak o’zimiz achinarli vaziyatga tushib qolamiz. Shunday ekan vaziyatni oxirigacha kuzatib boramiz” dedi.  

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar