Global istiqbol 1-qism

Aziz dasturimiz muxlislari bu dastur orqali siz bilan dunyoning bir necha manzilga shu jumladan ba’zan Bolqon mamlakatlari, Yaqin Sharq, Kavkaz, Afrikaga uchraymiz; ba’zan esa Falastin, Qrim, Meshetiya, Moro va Arakandagi mazlum ovozlarga quloq solamiz.

881158
Global istiqbol 1-qism

Assalomu alaykum aziz dasturimiz muxlislari,

“Global istiqbol” dasturimiz orqali haftaning har chorshanba kunlari siz bilan birgamiz. Uzoq yo’lni birgalikda bosib o’tamiz. Biron bir voqeani, biron bir ta’surotni yoki biron bir asarni qalamga olishlik yozuvchi va kitobxon hamrohligidagi sayohatidir. Yo’ldoshlik uchun esa eng avvalo hurmat va ishonchga ehtiyoj bordir.  

Biron-bir turdagi asarni qalamga olishlik uchun jur’at kerak, tajriba kerak. Chunki unda qalbingizni, fikringizni ochishingiz kerak bo’ladi.

Qalamga olishlik kashfiyotdir… Ichki sayohatdir… Qalbdan dunyoga bo’lgan terang safardir.  

Siz u safarni boshlatganingizda qayerlarga uchrashingizni aniq bilolmaysiz. Qanday sarguzashtlarning, sizga qanday ta’sir ko’rsatishini ham…

Poytaxt Anqarada joylashgan Yildirim Beyazit nomidagi universitetning Siyosiy fanlar fakulteti dekani professor doktor Kudret Bulbulning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qilamiz.

Aziz dasturimiz muxlislari bu dastur orqali siz bilan dunyoning bir necha manzilga shu jumladan ba’zan Bolqon mamlakatlari, Yaqin Sharq, Kavkaz, Afrikaga uchraymiz; ba’zan esa Falastin, Qrim, Meshetiya, Moro va Arakandagi mazlum ovozlarga quloq solamiz. Ba’zan Yevropada bolasi qo’lidan olib qo’yilgan oilaning, G’arbda yakkalangan bir muhojirning, o’zini yo’qotmaslik uchun hormay-to’lmay o’zi uchun, kelajagi uchun kurashgan yoshlarning sadosi bo’lamiz. Tili, dini, irqi nima bo’lishidan qat’iy nazar odamgarchilik uchun g’amhorlik qilgan yer yuzining vijdonli insonlarini yordamga chaqiramiz. Chunki g’arb yo’li achinarli vaziyatda. 

Lekin nima bo’ishidan qat’iy nazar dunyoga qaraganda ko’proq Turkiyaga nazar tashlashga harakat qilamiz. To’g’rirog’i Turkiyaning muammolariga emas, dunyo muammolarini Turkiyada tushintirishga, dasturimizda o’rin bershga harakat qilamiz. Ko’pincha Turkiya kun tartibiga shumg’ib, dunyo kun tartibidan iroqlashib ketmoqdamiz. Bu vaziyat dunyo yangiliklarining bizga bag’ishlagan qadriyatlarini ko’rishimizga monelik qilmoqda. Bunday sharoitda bizning vazifamiz bizga bog’langan umidlarni ushlab qo’lishlikdir. 

Aziz dasturimiz muxlislari, bugungi kunda dunyoda yuz berayotgan voqealarga nazar tashlaganimizda eng asosiy uch muammo ko’zimizga tashlanadi. Ulardan biri adolatsizlik, ikkinchisi xudbinlik, uchinchisi esa turli madaniyatga ega bo’lgan insonlar orasida til topishib yasholmaslik. Odam bolasining butun dardlarini huddi mana shu uch muammo ostida to’plash mumkin. Xosh, odambolasining bu muammolarni hal qilish uchun tajribasi bormi yoki yetarlimi? Hammaga adolat tarqatgan, och qo’shnisini o’ylagan, qaysi til, din va irqda bo’lishidan qat’iy nazar yaratilganni yaratgan uchun xush ko’rgan bir an’ana? Agar odambolasining manaviyati va madaniyatida bunday an’ana bo’lsa unda keling bizni qayerga yetaklashi noma’lum bo’lgan fikrlarga quloq solmay, sinalgan va bizni yaxshilikka olib borgan ana shu an’analar ortidan boraylik.   

Adolat, baham ko’rishlik va ko’pchilik jihatidan G’arb madaniyatidan bizning oladigonlarimiz cheklangan desak mubolag’a bo’lmaydi. Bu masalada bizga ko’proq o’z madaniyatimiz rahbarlik qilishi mumkin. Xurosandan Bolqonlarga bo’lgan ming yillik safarimiz bugungi kunda biz duch kelgan muammolarni hal qilishga yordam bera oladigon dengiz chirog’iga o’xshaydi.

Bu jihatdan qaraganimizda “Istanbul bundan yuz yil oldin odamgarchilikning beshigi edi” desak adashmagan bo’lamiz. Qaysidir fikr, oqim, ideologiya yoki tushuncha yolg’iz yashagan bir inson yoki kichik bir makonda emas turli-tuman madaniyatni o’z ichiga qamrab olgan markazlarda o’zini yana-da yaqqol ko’rsatishi mumkin. Chunki bu fikrlar turli qarama-qarshiliklar ichida o’z kuchiga-kuch qo’shish salohiyatiga egadir.

Bu doirada Mashrutiyat davri va undan oldingi Istanbul, boshqacha qilib aytganda yaqin tariximizda Istanbul turli-tuman fikrlar yashay olgan bir makon edi. Istanbul imperatorlikning barcha musulmon va musulmon bo’lmagan unsurlarini birgalikda yashay olishiga imkon bergan bir makondir. Bu bilan Istanbulning bugungi kundagi muammolari yana-da keng ko’lamli olaroq qo’lga olinadigan vaziyatda deyishlik to’g’riroq bo’ladi.

XX asrda turkiyalik olimlar o’z madaniyatidan uzoqlashib g’arb madaniyatining ta’siri ostida qoldi. Yaqin davrlarda esa Misr, Eron, Pokiston kabi davlatlardagi intellektual harakatlardan ham ilhom oldi. Hech shubhasiz g’arb va sharqdagi yangiliklarini kuzatib borishlik, turli fikr-mulohazalarga quloq solishlik, ularni baholashlik katta yutuqdir. Faqat turkiyalik ziyolilarning nomi tilga olingan bu mamlakatlardagi yangiliklarni kuzatib borishi yaqin davrda turli tuman til, din va irqni o’z ichiga olgan Istanbulni, u yerdagi rang-barang fikriy teranglik va muzokalarni yetarli darajada tahlil qildi degan ma’noni anglatmaydi.  Respublika davri bilan Istanbulning ustiga yopib qoyilgan yopinchiq afsuski haligacha to’liq olib tashlangani yo'q.  

Holbuki hatto bugungi kunda ham dunyoda, insonlar orasida o’z milliy, diniy va irqiy kimligi bilan, yakkalanmay erkin yashay oladigan, boshqa diyorlardagi insonlar dardini o’z dardi deb hisoblagan yana necha shahar borki? Shu bois bugungi kundagi muammolarning hal qilinishi uchun bizga eng yaqin va eng maqul bo’lgan Istanbul desak mubolag’a bo’lmaydi. Bu vaziyat biz duch kelgan butun muammolarni hal qilishga yordam beradi. Balki taniqli tarixchi Toybee nazarda tutgan “to’xtatilgan madaniyat” tushunchasining eng yaqqol o’rnagi Istanbul bo’lsa kerak.

To’xtatilmagan davrdan e’tiboran sharq va g’arbning tajribasiga ega bo’lgan Istanbul, bugun biz duch kelgan muammolarni hal qilishda bizga rahbarlik qilishi mumkin. Lekin biz ham bugungi kunda bu tajribadan uzoqlashdik. Unga takror qaytishimiz va u yerdan yo’l olishimiz darkor.

Bu dastur huddi mana shunday safarga mo’ljallandi.

Bundan maqsad bir tomondan keng tajribani kashf etishlik, ikkinchi tomondan esa uning yordamida global muammolarni hal qilishlikdir.

Aziz dasturimiz muxlislari bu satirlar bir necha tilga ham tarjima qilinadi. Dunyoning qayerida qaysi til, din va irqda bo’lishingizdan qat’iy nazar bu global safarga “men ham qo’shilishni xohlayman” desangiz marhamat lekin unutmang yo’limiz uzoq, vaqtimiz esa tor.

Poytaxt Anqarada joylashgan Yildirim Beyazit nomidagi universitetning Siyosiy fanlar fakulteti dekani professor doktor Kudret Bulbulning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 

 



Aloqador xabarlar