Anqara bugun muhim xavfsizlik sammitiga mezbonlik qilmoqda

Iroq Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi bilan amerikalik qo’mondonlar poytaxt Anqarada Qurolli kuchlar Bosh shtab Boshqarmasi qarorgohida general Hulusiy Akar bilan uchrashuv o’tkazmoqda.

868447
Anqara bugun muhim xavfsizlik sammitiga mezbonlik qilmoqda

Iroq Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi bilan amerikalik qo’mondonlar poytaxt Anqarada Qurolli kuchlar Bosh shtab Boshqarmasi qarorgohida general Hulusiy Akar bilan uchrashuv o’tkazmoqda.

Uchrashuvda Qurolli kuchlar Bosh shtab Boshqarmasi raisi general Hulusiy Akar bilan birga Iroq Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi general O’sman Ganimiy, AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo’mondonligi qo’mondoni general Joseph Votel va AQShning Yevropa qo’mondonligi qo’mondoni general Curtis Scaparrotti ishtirok etmoqda.

Uchrashuvda PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkiloti nazorati ostidagi Afrinning oxirgi vaziyati va PYDning qurolsizlashtirilishi masalalari muhokama qilinmoqda.

PYD terror tashkilotining qurolsizlashtirilishi masalasida Turkiyaning talablari va amalga oshiriladigan faoliyatlar sammitning eng muhim kun tartibi ro’yhatiga kiritilgan vaziyatda.

Aytib o’tish joizki AQSh, terror tashkilotini qurol bilan ta’minlagani uchun bir necha tanqidlarga ma’ruz qolmoqda.

Uchrashuvda NATO mashg’uloti chog’ida yuz bergan vaziyatning ham qo’lga olinishi kutilmoqda.

Ayni vaqtda NATOning Yevropa ittifoqi qo’mondonligi qo’mondoni vazifasini ham yuritgan general Curtis Scaparrottining NATOda shunga o’xshash vaziyatning yuz bermasligi uchun olingan tadbirlarni general Hulusiy Akarga yetkazishi kutilmoqda. 

Joriy yilning 8-noyabri kuni NATOning Norvegiyadagi mashg’uloti chog’ida Turkiya Respublikasining asoschisi Mustafo Kamol Otaturk va Prezident Rajap Tayyip Erdog’an nishon sifatida ko’rsatilgan edi.

Gollandiyada esa NATO xodimlaridan biri Prezident Erdog’an nomidan ijtimoiy mediadan qalbaki hisob ochgan holda, NATO haqida salbiy va ig’vogar mazmunda fikr qoldirgan edi.  

 



Aloqador xabarlar