Falastin AQShning bundan buyon tinchlik jarayonida o’rin ololmasligini qayd etdi

Falastin Davlat rahbari Mahmut Abbos bugun Istanbulda o'z ishini boshlagan IHT Favqulodda sammitida so'zlagan nutqida AQShning bundan buyon tinchlik jarayonida o'rin ololmasligini qayd etdi.

867530
Falastin AQShning bundan buyon tinchlik jarayonida o’rin ololmasligini qayd etdi

Falastin Amerika Qo’shma Shtatlarining tinchlik jarayonida o’rin olishiga aslo ruxsat bermaydi.

Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos Turkiyaning tashabbusi bilan Istanbulda o’tkazilayotgan Islom hamkorlik tashkiloti Favqulodda sammitida ishtirok etdi.

Ushbu sammitda nutq so’zlagan Falastin Davlat rahbari, Amerika Qo’shma Shtatlarining Quddusni Isroilning poytaxti deb tan olganligi haqidagi qaroriga to’xtalib shu doirada,

“AQSh bundan buyon Isroil-Falastin o’rtasidagi tinchlik jarayonida o’rtamchilik qilolmaydi. AQShning kelajakda, siyosiy tinchlik jarayonida o’rin olishiga aslo va aslo ruxsat bermaymiz” dedi.

Shuningdek,

“Shunday ekan bundan buyon bor kuchimiz bilan Falastinning davlat deb tan olinishi uchun hormay-to’lmay mexnat qilishimiz kerak” degan Mahmud Abbos, “Quddus Falastinning poytaxti degan statusni qo’ldan boy bergudek bo’lsa unda hech qachon tinchlik va barqarorlik o’rnatilmaydi” deya gapirdi.  



Aloqador xabarlar