Erdo’g’an:"Al-Qudsni Falastin davlatining ishg’ol ostidagi poytaxti deb tan olishga taklif qilaman"

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Istanbulda bo'lib o'tayotgan Islom Hamkorlik Tashkiloti favqulodda samitida so'zga chiqdi.

867617
Erdo’g’an:"Al-Qudsni Falastin davlatining ishg’ol ostidagi poytaxti deb tan olishga taklif qilaman"

Islom Hamkorlik Tashkiloti Istanbulda favqulodda to’plandi.

Ushbu tashkilot AQSh prezidenti Donald Trampning 6 dekabr kuni Al-Qudsni Isroil poytaxti deb e’lon qilishi va AQSh elchixonasini Tel Avivdan Al-Qudsga ko’chirish to’g’risidagi rejasini e’lon qilishi bilan Turkiya mezbonligida to’planishga qaror berdi.

Sammitda so’zga chiqqan Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an adolat tarafdori bo’lgan barcha davlatlarni Al-Qudsni Falastin poytaxti deb e’lon qilishga chaqirdi.

“Bugun bu yerda islomning ilk qib’lasi bo'lmish Al-Aqsoning shahri Al-Qudsning tarixiy statusiga berilgan zarbani muhokama qilish maqsadida to’planib turibmiz”,-dedi Turkiya prezidenti sammitning ochilish nutqida.

1947 yildan buyon Isroil ishg’oli yil o’tgan sayin butun Falastinni egallab olganini haritalar asosida yoritib bergan Erdo’g’an: “Bu shuni ko’rsatadiki, Isroil ishg’olchi davlatdir. Isroil ayni paytda terrorist davlatdir. Qadimiy Al-Quds shahrining ko’chalarida aylanar ekansiz, u yerning ishg’ol ostida ekanini anglaysiz”,-dedi.

Erdo’g’an: “10 yoshdagi bolalarni Isroilning terrorist askarlari qo’lga olmoqda va temir qafaslarga solmoqda. Ko’zlari bog’lanmoqda. Boshqa tomondan kichkina qiz bola. Onasi qizini bag’riga bosmoqda. Ular onani kaltaklab uning qo’lidan tortib olmoqda. Bunga nima deyish mumkin?  Ishg’olchimi yoki terrorist? Buning izohi bormi?”,-dedi.

AQShning qarori hech qanday huquqiy asosga tayanmaganligini tilga olgan Erdo’g’an BMT xavfsizlik kengashining 1980 yilda olgan qaroriga binoan hech bir davlat Al-Qudsda elchixona ocha olmasligini ma’lum qildi.

Erdog’an: “Dunyo sizdan iborat emas. Men shuni xohlayman deyish bilan bo’lmaydi”,-deya Trampni tanqid qildi.

Falastinni xalqaro tashkilotlar safiga qo’shish jarayonini tezlashtirish kerakligini ta’kidlagan Erdo’g’an: “Islom davlatlari sifatida Falastin davlatining to’liq a’zo bo’lishini qo’llab quvvatlashimiz kerak. Ushbu sammitda buni amalga oshirishimiz kerak. AQShning huquqqa hilof harakatidan voz kechishga chaqiramiz. O’rtamchilik vazifasini qo’ldan boy bergan AQShning o’rniga islom davlatlaridan birortasini mas’uliyatni zimmasiga olishini kutib qolamiz. Sizlarni Al-Qudsni Falastin davlatining ishg’ol ostidagi poytaxti deb tan olishga taklif qilaman”,-dedi.

 



Aloqador xabarlar