Al-Quds Falastinning ishg’ol ostidagi poytaxti deb e'lon qilindi

Istanbulda bo’lib o’tayotgan Islom hamkorlik Tashkilotining favqulodda sammitida Al-Quds Falastinning poytaxti deb e’lon qilindi.

867790
Al-Quds Falastinning ishg’ol ostidagi poytaxti deb e'lon qilindi

 

Istanbulda bo’lib o’tayotgan Islom hamkorlik Tashkilotining favqulodda sammitidagi xulosa bayonotida Al-Quds Falastinning poytaxti deb e’lon qilindi.

Shuningdek, xalqaro hamjamiyat Al-Qudsni Falastinning ishg’ol ostidagi poytaxti deb tan olishga chaqirildi.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning “Butun dunyoni Al-Qudsni Falastinning ishg’ol ostidagi poytaxti deb tan olish to’g’risidagi chaqirig’i” sammitning xulosa bayonotida o’rin oldi.

Islom davlatlari xalqaro hamjamiyatdan ushbu chaqiriqqa ijobiy javob berishini talab qildi.

Xulosa bayonotida AQShning Al-Qudsni Isroil poytaxti deb e’lon qilish to’g’risidagi qarori yana bir bor qoralandi.

“AQSh hukumati tinchlik jarayonidagi ro’lidan voz kechsin. AQSh Al-Quds qaroridan voz kechmasa, buning barcha natijalaridan mas’ul bo’ladi”,-deyiladi bayonotda.

 

 



Aloqador xabarlar