Turkiya, Quddus haqidagi iddiolarni baholadi

Turkiya, Amerika Qo’shma Shtatlarining Quddusni Isroil poytaxti deb tan olajagi haqidagi iddiolarni baholadi.

861477
Turkiya, Quddus haqidagi iddiolarni baholadi

Turkiya, Amerika Qo’shma Shtatlarining Quddusni Isroil poytaxti deb tan olajagi haqidagi iddiolarning nihoyatda tashvishga soladigan holat ekanligini qayd etdi.

Shu doirada Prezidentlik apparati Matbuot xizmati voizi Ibrahim Kalin twitter orqali bayonot berdi.

O’z bayonotida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan kafolat ostiga olingan Quddus statusining o’zgartirilishi haqidagi iddiolarning nihoyatda tashvishga soluvchi ekanligini ta’kidlagan Kalin, bu tashabbusning, Quddusning diniy va tarixiy statusiga, xalqaro shartnomalari va BMT qarorlariga javob bermasligini qayd etdi.

Shuningdek Kalin,

“Bu holat mavjud nozik vaziyatdagi Yaqin Sharq tinchlik jarayonini buzib o’rtada taranglik va to’qnashuvlarga yo’l ochadi. AQSh boshqaruvining bu dahshatli hatoga yo’l qo’ymayajagiga ishonchimiz komil. Quddus va Haram-i Sharif statusining saqlab qolinishi muhimdir” dedi.   

Aytib o’tish joizki Haram-i Sharif Quddusdagi al-Aqsa va Qubbatus Sahro masjidini o’z ichiga olgan muqaddas makondir.

 



Aloqador xabarlar