Turkiya qurolli kuchlari terror tashkiloti PKKga og’ir zarba berdi

Turkiya qurolli kuchlari Turkiya sharqidagi Diyarbakir, Tunjeli, Bitlis, Ag’ri, Batman, Siirt viloyatlari va Iroq shimolida operatsiya o'tkazdi.

859779
Turkiya qurolli kuchlari terror tashkiloti PKKga og’ir zarba berdi

Turkiya qurolli kuchlari terror tashkiloti PKKga og’ir zarba berdi.

24-30 noyabr kunlari Turkiya sharqidagi Diyarbakir, Tunjeli, Bitlis, Ag’ri, Batman, Siirt viloyatlari va Iroq shimolida ko’plab harbiy operatsiyalar o’tkazildi.

Operatsiyalarda jami 100 ta terrorist yo’q qilindi, bular orasida terror tashkiloti yetakchilari ham bor.

Shuningdek, operatsiya jarayonida 32 ta qo’lbola bomba va 59 ta boshpana, ko’plab qurol-aslaha ombori, o’q-dori omborlari va katta miqdorda giyohvand modda topildi.

Turk askarlari ayni paytda chegara ortida ham harbiy xizmatni davom ettirmoqda.

Ular Suriyaning Turkiyaga chegaradosh Idlib viloyatida nazorat markazlarini tashkil qilib, hududda xavfsizlikni ta’minlamoqda va ayni paytda Turkiyaga terroristlarning kirib kelishini oldini olmoqda.

 



Aloqador xabarlar