Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdo'g'an Emmanuel Makron bilan muloqot qildi

Muloqotda Turkiya, Rossiya va Eron prezidentlarining Sochida bo’lib o’tgan uch tomonlama uchrashuvi tafsilotlari haqida fikr almashildi.

855108
Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdo'g'an Emmanuel Makron bilan muloqot qildi

Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdo'g'an Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan telefonda muloqot qildi.

Muloqotda Turkiya, Rossiya va Eron prezidentlarining Sochida bo’lib o’tgan uch tomonlama uchrashuvi tafsilotlari haqida fikr almashildi.

Erdo’g’an Suriyada BMT nazoratida adolatli va shaffof shaklda saylov o’tkazilishiga alohida ahamiyat berganini ma’lum qildi.

Shuningdek, DAIShdan qutqarilgan hududlarning boshqa terror guruhlari tomonidan egallanishini oldini olish va Suriyaning hududiy yaxlitligini saqlab qolishning ahamiyatiga e’tibor qaratdi.



Aloqador xabarlar