Prezident Erdog’an o’qituvchilarni bayram bilan tabrikladi

Erdog’an o’z vazifasi ustida shahid bo’lgan, bu dunyodan koz yumgan, nafaqaga chiqqan yoki bugungi kunda Turkiyada va chet elda o’qituvchilik qilgan barcha ustozlarni bayram bilan tabrikladi.

854024
Prezident Erdog’an o’qituvchilarni bayram bilan tabrikladi

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an o’z vazifasi ustida shahid bo’lgan, bu dunyodan koz yumgan, nafaqaga chiqqan yoki bugungi kunda Turkiyada va chet elda o’qituvchilik qilgan barcha ustozlarni bayram bilan tabrikladi. Bayram tabrigi esa “Anadolu” axborot agentligi veb saytida e’lon qilindi.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an eng avvalo o’qituvchilarning qadrini bilmagan, ularni hurmat qilmagan xalqning kelajagi yo’qligini qayd etdi.

Prezident Erdog’an 24-noyabr “O’qituvchilar kuni” munosabati bilan barcha o’qituvchilarni tabriklar ekan ular kasbini “ham muqaddas ham da masuliyatli vazifa” deya baholadi.

Eng avvalo o’z vazifasi ustida shahid bo’lgan o’qituvchilar bosh bo’lish bilan birga bu dunyodan koz yumgan barcha ustozlarga Olloxdan rahmat tilagan Prezident Erdog’an, o’z kasbini uzoq yillar davomida buyuk zavq va fidokorlik bilan bajarib bugungi kunda esa nafaqaga chiqqan ustozlarga ham, sog’lik salomatlik va uzoq umr tiladi.  

“Biz beshikdan mozorgacha ilm o’rganishni buyurgan, qalamni qilichdan o’tkir deb baholagan madaniyat mansublarimiz. Shuning uchun ham tarixda bo’lganidek bugun ham o’qituvchilarga alohida e’tibor berib, ularni qadrlab kelamiz” degan Erdog’an, o’qituvchining faqatgina o’rgatgan va ma’lumot bergan inson emasligini ta’kidladi.

Erdog’an o’qituvchining o’rgatganga qaraganda ko’proq tarbiyalagan va o’quvchi ichidagi javharni buyuk sabr bilan o’rtaga chiqargan, uning kelajagini shakllantirgan kishi ekanligiga e’tibor qaratdi.

Prezident Erdog’an o’qituvchilarning ham o’z kasbini yurtning to’rt burchagida kasbining muqaddasligi va nozikligiga loyiq ravishda bajarishiga ishonchi komil ekanliginmi qayd etdi.

Prezident Erdog’an Xalq maktablari ochilgan va G’oziy Mustafo Kamol Otaturkga o’qituvchilar rahbari unvoni taqdim etilgan mana shu mazmunli kunda Turkiya va chet elda o’qituvchilik qilgan barcha ustozlarga minnatdorchilik bildirib, ularni yana bir bor bu muqaddas bayram bilan tabrikladi.

 

 



Aloqador xabarlar