Turkiya, Livanning barqarorligiga xavfga soladigan har turli  o’zgarishga qarshi...

Tashqi ishlar  vazir Mevlut Chavusho’g’lu, Turkiya, Livanning barqarorligiga xavfga soladigan har turli  o’zgarishga qarshi ekanini aytdi.

849618
Turkiya, Livanning barqarorligiga xavfga soladigan har turli  o’zgarishga qarshi...

Tashqi ishlar  vazir Mevlut Chavusho’g’lu, Turkiya, Livanning barqarorligiga xavfga soladigan har turli  o’zgarishga qarshi ekanini aytdi.

Chavusho’g’lu livan Tashqi ishlar vaziri va Ko’chmanchilar Vaziri Gebran Bassil bilan Tashqi ishlar qarorgohida uchrashuvining  ortidan qo’shma matbuoti anjuman uyushtirdi.

Chavusho’g’lu, Bassil bilan o’zaro  har ikki o’lkani qiziqtirgan mintqaviy yangiliklarini muhokama qilganlarini qayd etdi.  Livan Bosh vaziri  Saad Haririning iste’foga chiqishi va keyingi jarayonni  ham muhokama  qilish fursati topganlarini tilgan olgan Chavusho’g’lu, Bassilning bu mavzuda yuritgan diplomatik uchrashuvi borasida ma’lumot olganlarini anglatdi.

“ Biz Livanning birlik va birdamligini himoya qilamiz va Livanning barqarorligini xavfga soladigan har turli o’zgarishga qarshimiz dedi. Ushbu muammoning  osonlik  bilan  yechilishidan tarafdormiz.” degan Chavusho’g’lu, Hariri  Livanga qaytadi degan bayonotlar tufayli mamnun ekanini  ham ma’lum qildi.

Chavusho’g’lu, “ Ushbu muammo Haririning Livanga qaytgandan so’ngra ham  Prezident bilan hamda siyosiylar va o’z partiyasi bilan  muhokama qilib va hech kimning  bosimi ostida qolmasdan turib  aql salim bilan to’g’ri qarorni berishiga ishonchim komil.”deb  ta’kidladi.

Livan Prezidenti Mishel Avn birinchi o’rinda bo’lib Livan rasmiylari ham ko’rsatgan reaksiyalarini   taqdir bilan kutib olganlarini  ta’kidlagan Chavusho’g’lu, o’zaro aloqalarni rivojlantirish uchun ham jiddiy sa’y – harakat qilinganini ma’lum qildi.

Chavusho’g’lu Livanda  bo’lgan BMT tinchlik kuchiga bundan so’ngra ham Turkiyaning qo’shgan hissalari davom etadi deb  ma’lum qildi.
Livan o’tmishda juda ko’p azoblar  tortdi va Suriyadagi vaziyat tufayli juda ko’p sonda qochqinga mezbonlik qilganini eslatgan Chavusho’g’lu, buning Livan ichida qanchalik og’ir bir yuk ekanini eng yaxshi Turkiya biladi deb qayd etdi.

Chavusho’g’lu, “ Shu bois  Livanning  boshqa muammolarga ehtiyoji yo’q. To’liq  zidi  mavjud muammolarning yechimga barchamiz hissa qo’shishimiz kerak. Holi hozir Turkiyaning uslubi juda ochiq va ravshandir” dedi.

Prezident Rajab Toyyib Erdo’g’an tomonidan qabul qilingan va Vazir Chavusho’g’lu bilan   uchrashgani  uchun juda xursand ekanini aytgan Bassil esa  o’lkasidagi o’zgarishlarini Turk do’stlari bilan maslahat qilib ko’zdan kechirganlarini aytdi.

Bassil so’zlarini shunday davom ettirdi:

“ Umid qilaman Bosh vazir Hariri tezda o’lkasiga qaytib  bu mavzuning hal etilishi. Biz shu lahzaga qadar nafasimizni tutdik va sabr bilan kutib turibmiz chunki boshqa voqealar avj olmasligini istamaymiz. Tezda Janob Hariri o’lkasiga qaytib erkin bir shaklda qaror berishini kutmoqdamiz .” dedi.

 



Aloqador xabarlar