Turkiya Yunonistonga chuqur ta'ziya bildirdi

“Tabiiy ofatda halok bo’lganlarning oilalariga va yunon xalqiga chuqur ta’ziya bildiramiz. Turkiya Yunonistonga bu qiyin kunida kerakli barcha yordamni ko’rsatishga tayyordir”,-deyiladi bayonotda.

848729
Turkiya Yunonistonga chuqur ta'ziya bildirdi

Turkiya Yunonistonda sodir bo’lgan sel falokati oqibatida ko’plab insonlarning nobud bo’lgani munosabati bilan ta’ziya bildirdi.

Qolaversa, Yunonistonga yordam berishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi yozma bayonot berdi.

“Yunonistondagi sel va suv toshqinlari oqibatida ko’plab insonlar halok bo’lgani va mamlakatga jiddiy zarar olib kelganidan chuqur iztirobdamiz”,-deyiladi bayonotda.

“Tabiiy ofatda halok bo’lganlarning oilalariga va yunon xalqiga chuqur ta’ziya bildiramiz. Yaradorlarga shifo tilaymiz. Turkiya Yunonistonga bu qiyin kunida kerakli barcha yordamni ko’rsatishga tayyordir”,-deya bayonot beradi Turkiya tashqi ishlar vazirligi.



Aloqador xabarlar