Turkiya sharqida olib borilgan operatsiyalarda 80 nafar terrorist yo’q qilindi

Terror tashkiloti PKK bilan aloqada bo’lgan 238 kishi, DAIShga aloqador bo’lgan 48 kishi, Fathulloh Gulen harakatiga aloqador bo’lgan 674 kishi va boshqa radikal guruhlarga a’zo bo’lgan 14 kishi qo’lga olindi.

841498
Turkiya sharqida olib borilgan operatsiyalarda 80 nafar terrorist yo’q qilindi

Turkiyada terrorizm va ekstremist guruhlarga qarshi kurash tobora kuchayib bormoqda.

So’ngi bir haftada mamlakat sharqida olib borilgan operatsiyalarda 80 nafar terrorist yo’q qilindi.

Bu haqda ichki ishlar vazirligi bayonot berdi.

“30 oktyabr-6 noyabr kunlari orasida mamlakat bo’ylab olib borilayotgan terrorizmga qarshi kurash doirasida jami 1476 marta operatsiya o’tkazildi”,-deyiladi bayonotda.

Operatsiya jarayonida 6 ta terrorist tiriklayin qo’lga tushirilar ekan, 6 nafari o’z xohshi bilan davlatga taslim bo’ldi.

Terror tashkiloti PKK bilan aloqada bo’lgan 238 kishi, DAIShga aloqador bo’lgan 48 kishi, Fathulloh Gulen harakatiga aloqador bo’lgan 674 kishi va boshqa radikal guruhlarga a’zo bo’lgan 14 kishi qo’lga olindi.

Tog’li hududlardagi 5 ta viloyatda olib borilgan operatsiyalarda terroristlarga oid 47 ta boshpana va g’or portlatildi.

 

 

 



Aloqador xabarlar