Chanoqqal’ada 305 nafar qochqin qo’lga tushdi

Turkiyaning Chanoqqal’a viloyatida noqonuniy yo’llar orqali chet elga ketishga harakat qilgan roppa-rosa 305 nafar chet ellik qochqin qo’lga tushdi.

840703
Chanoqqal’ada 305 nafar qochqin qo’lga tushdi

Turkiyaning Chanoqqal’a viloyatida noqonuniy yo’llar orqali chet elga ketishga harakat qilgan roppa-rosa 305 nafar chet ellik qochqin qo’lga tushdi.

Chanoqqal’a bo’g’ozida patrullik qilgan sohil xavfsizlik xodimlari Shahidlar yodgorligidan uzoq nuqtada, baliqchilarga oid bir kemada qochqinlarning borligini aniqladi.  

Xavfsizlik xodimlarining to’xtatishiga qaramay yo’lini davom ettirgan qochqinlar ko’p o’tmay qo’lga tushar ekan ularning suriyalik, pokistonlik va afg’onistonlik ekanligi ma’lum bo’ldi.

Ularning noqonuniy yo'llar orqali chet elga ketishini uyushtirgan 10 kishi nazorat ostiga olindi.


Tanlangan kalimalar: #Chanoqqal'a , #noqonuniy yo'llar , #qochqin

Aloqador xabarlar