Turkiya va Rossiya prezidentlari uchrashuviga tayyorgarlik ketmoqda

Kreml kotibi Dmitriy Peskov bu haqdagi ma'lumotni tasdiqladi.

839606
Turkiya va Rossiya prezidentlari uchrashuviga tayyorgarlik ketmoqda

Turkiya prezidenti Rajap Toyyib Erdog’an bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin o’rtasida bo’lib o’tadigan navbatdagi o’zaro uchrashuvga tayyorgarlik ketmoqda.

Kreml kotibi Dmitriy Peskov bu haqdagi savolga “Xa, tayyorgarlik ketmoqda”,-deya javob berar ekan, tafsilotlarga o’rin bermadi.

Uning aytishicha, Putin bilan Erdog’an kelgusi hafta yoki undan keyingi hafta uchrashishi mumkin.

Ikki davlat rahbari oxirgi marta 28 sentyabrda Ankarada uchrashgan edi. Ular ushbu uchrashuvda Suriya masalasini muhokama qilgan edi.

Eslatib o’tish joizki, Turkiya va Rossiya Eron bilan birga Suriya inqiroziga tinchliksevar yo’llar bilan yechim topish maqsadida Qozog’istonning Ostona shahrida o’tkazilayotgan muzokaralarda kafolatchi davlat qatorida o’rin olmoqda.

 



Aloqador xabarlar