Bugun Turkiyada 29 oktyabr Respublika bayrami nishonlanmoqda

Turkiya prezidenti Rajap Toyyib Erdo’g’an bayram munosabati bilan Otaturk mavzoleyi joylashgan Anitkabir majmuasini ziyorat qiladi.

836234
Bugun Turkiyada 29 oktyabr Respublika bayrami nishonlanmoqda
antalya fener alayi.jpg

Bugun Turkiyada 29 oktyabr Respublika bayrami nishonlanmoqda.

Turkiya Respublikasining tashkil topganiga 94 yil to’ldi.

Ushbu bayram munosabati bilan butun mamlakat bo’ylab va xorij davlatlardagi diplomatik vakolatxonalarda turli marosimlar o’tkazilmoqda.

Turkiya prezidenti Rajap Toyyib Erdo’g’an bugun bayram munosabati bilan Otaturk mavzoleyi joylashgan Anitkabir majmuasini ziyorat qiladi, prezidentlik saroyida tabriklarni qabul qiladi va rasmiy ziyofat beradi.

Bayram tadbirlarida bosh vazir Binali Yildirim ham ishtirok etadi.

Turkiya Respublikasining 94 yilligi munosabati bilan nafaqat mamlakat bo’ylab, balki Shimoliy Kipr Turk Respublikasida va xorijdagi diplomatik vakolatxonalarda marosimlar o’tkaziladi.

 

 



Aloqador xabarlar