Prezident Erdog’an Somalidagi hujumni keskin qoraladi

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an kecha Somali poytaxti Mogadishuda 231 kishining umriga zomin bo’lgan bombali hujumini qoraladi.

827572
Prezident Erdog’an Somalidagi hujumni keskin qoraladi

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an kecha Somali poytaxti Mogadishuda 231 kishining umriga zomin bo’lgan bombali hujumini qoraladi.

Prezident Erdog’an hujum ortidan Somali Prezidenti Muhammad Abdulloh Fermakiga yuborgan maktubida, terakt oqibatida jon bergan va tan jarohati olganlar haqidagi ma’lumotni chuqur qayg’u bilan olganligini eslatib,

“Somalining barqarorligi va xavfsizligini nishonga olgan ushbu hujumni keskin qoralayman.  Turkiya terrorizmga qarshi Somali hukumati va qardosh Somali xalqi bilan o’z hamjihatligini davom ettiradi. Shu doirada tez yordam uchog’i va tibbiy uskunalarni ta’minlash bilan bir qatorda tan jarohati olganlarni Turkiyada davolash doxil har qanday yordam tayyorgarligi uchun ko’rsatma berdim” dedi.

Prezident Erdog’an dahshatli hujum oqibatida jon berganlarga Olloxdan rahmat, tan jarohati olganlarga shifo tilab, Somali hukumati va xalqiga chuqur ta’ziya izhor etdi.

Bosh vazir Binali Yildirim ham Somali Bosh vaziri Hasan Ali Keyrega yuborgan maktubi orqali ta’ziya izhor etib, Somali hukumati va xalqining yonida ekanliklarini yetkazdi.

Aytib o’tish joizki Turkiya Respublikasi Sog’likni saqlash vaziri Ahmet Demirjan Somali hukumatini qo’llab-quvvatlash va yaradorlarning davolanishi uchun ularni Turkiyaga olib kelish ishlarini muvofiqlashtirish faoliyatlarini tezlashtirish maqsadida bugun kechasi Somaliga qarab yo’l oladi.

Sog’likni saqlash vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko’ra Ahmet Demirjanning Somaliga qarab yo’l olishidan oldin kerakli dori-darmonlar, tibbiy uskunalar va mutaxassis shifokorlar harbiy uchoq orqali manzilga yetkazildi.  

Yana huddi mana shu bayonotga ko’ra ertaga oqshom vaqtida Turkiyada bo’lishi kutilgan 50 yaradorning davolanishi uchun mamlakatdagi turli kasalxonalarda kerakli chora va tadbirlar olindi.

Tez Tibbiy yordam xizmatlari Bosh direktorligi ham Somalidagi yaradorlarning Turkiyaga olib kelinishi uchun 16 kishiga vazifa topshirdi.

Somalida Sog’likni saqlash vazirligi qoshida o’z faoliyatlarini davom ettirgan Rajap Tayyip Erdog’an nomidagi kasalxonada ham hujumda tan jarohati olgan 200 kishini davolash ishlari olib borilmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Prezident Erdog'an , #Somali , #bombali hujum

Aloqador xabarlar