Bekir Bozdag': "Turk havo sohasi IKMMga yopildi".

Bosh vazir o'rinbosari va hukumat voizi Bekir Bozdag’, Prezident Rajap Tayyip Erdog’an rahbarligida bo’lib o’tgan Vazirlar kengashi yig’ilishi ortidan muhim bayonotlar berdi.

828217
Bekir Bozdag': "Turk havo sohasi IKMMga yopildi".

Bosh vazir o’rinbosari Bekir Bozdag’ Turk havo sohasining Iroq Kurd Mintaqaviy ma’muriyati hududlariga yopilganligini qayd etdi. Bozdag’, Prezident Rajap Tayyip Erdog’an rahbarligida bo’lib o’tgan Vazirlar kengashi yig’ilishi ortidan bayonot berdi.

Hukumat voizi “Milliy xavfsizlik kengashida qabul qilingan qaror asosida Turk havo sohasi Iroq Kurd Mintaqaviy ma’muriyati hududlariga yopildi” dedi.

Bozdag’, “Bundan buyon Turk havo sohasi orqali hech qaysi uchoq Iroq Kurd Mintaqaviy ma’muriyati hududlaridagi aeroportlarga safar qilolmaydi. U yerdan parvoz qilgan uchoqlar ham Turk havo sohasidan foydalana olmaydi” deya gapirdi.

Bekir Bozdag’, Habur chegara darvozasining Iroq markaziy hukumatiga topshirilishi uchun ham kerakli faoliyatlarning boshlatilganligini qayd etdi. Hukumat voizi shuningdek, Favqulodda vaziyatning yana 3 oy uzatilishi to’g’risidagi Bosh vazirlik Markaziy apparati murojaatining Turkiya Buyuk Millat Majlisiga yuborilganligini ma’lum qildi.   

 



Aloqador xabarlar