Chavusho’g’li AQSh Davlat kotibi bilan telefon orqali muloqat qildi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat kotibi Rex Tillerson bilan telefon orqali muloqat qildi.

822520

Diplomatik manbaalardan olingan ma’lumotga ko’ra ushbu muloqat, Tillersonning tashabbusi bilan amalga oshgan.

Mevlut Chavusho’g’li Adolat va taraqqiyot partiyasining navbatdagi “Maslahat qilish va baholash” yig’ilishi uchun Afyonkaraxisar viloyatiga borar ekan u yerda jurnalistlar savoliga javob berdi. Shu doirada Tillerson bilan bo’lgan muloqatiga to’xtalgan Tashqi ishlar vaziri muloqat chog’ida Shimoliy Iroq, Suriya va Idlib masalasini qo’lga olganliklarini qayd etdi.

Ba’zi konsullik masalalarini ham chetda qoldirmaganliklarini eslatgan Chavusho’g’li,

“Rex Tillerson bilan har on kunda bir marotaba turli mavzularda uchrashib turibmiz. Muomilamiz ancha yaxshi” dedi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li kecha Eron Tashqi ishlar vaziri Javad Zarif bilan ham telefon orqali muloqat qilgan edi.

Ushbu muloqatda mintaqaivy masalalar qo’lga olingan.

Aloqador xabarlar