Hulusiy Akar Eronda, mamlakat Mudofaa vaziri Hatamiy bilan uchrashdi

Eron rasmiy axborot agentligi “IRNA” tarqatgan ma’lumotga ko’ra general Hulusiy Akar, Tehron tashrifi doirasida Eron Mudofaa vaziri Hatamiy bilan uchrashdi.

820086
Hulusiy Akar Eronda, mamlakat Mudofaa vaziri Hatamiy bilan uchrashdi

Turkiya Respublikasi Qurolli kuchlar Bosh shtab Boshqarmasi raisi general Hulusiy Akar Turkiya va Eron o’rtasidagi hamkorlikning mintaqaning xavfsizlik va barqarorligiga ijobiy hissa qo’shajagini qayd etdi.

Eron rasmiy axborot agentligi “IRNA” tarqatgan ma’lumotga ko’ra general Hulusiy Akar, Tehron tashrifi doirasida Eron Mudofaa vaziri Hatamiy bilan uchrashdi.

Hatamiy ushbu uchrashuvda Eron va Turkiyaning tarixiy, diniy va madaniy birlikga ega ikkita millat ekanligiga e’tibor qaratib,

“Turkiya mudofaa va xavfsizlik jihatidan Eronning tashqi siyosatida muhim o’ringa ega” dedi.

G’arb kuchlarining DEASh ortidan yangi stsenariylar ustida ish olib borayotganligini eslatgan Hatamiy,

“Lekin Eron bilan Turkiya mintaqaning muhim ikki davlati sifatida yangi stsenariylarning ishga oshishiga aslo yo’l qoymaydi” degan ifodalarga o’rin berdi.

Hatamiy, Eronning dunyoning butun davlatlarining hududiy yaxlitligini himoya qilishga qaratilgan siyosat kuzatganligini belgilab,

“Eron, Turkiya va Iroq birligi mintaqaning xavfsizligi va barqarorligi bilan birga separatistik tashabbuslarga qarshi ham muhim rol o’ynaydi” deya gapirdi.

Suriya muammosining hal qilinishiga qo’shgan hissasi uchun Turkiyaga minnatdorchilik bildirgan Eron Mudofaa vaziri Hatamiy, ikki mamlakat o’rtasidagi harbiy hamkorlikning kengayishidan xursand bo’lganligini tilga oldi.

Qurolli kuchlar Bosh shtab Boshqarmasi raisi general Hulusiy Akar ham Turkiya-Eron o’rtasidagi munosabatlarning Eron Qurolli kuchlar Bosh shtab Boshqarmasi raisi general-mayor Muhammad Bakiriyning tashrifi bilan yangi davrga kirganligini eslatib, ikkala mamlakat o’rtasidagi hamkorlikning mintaqa va dunyo xavfsizligi va barqarorligiga ijobiy hissa qo’shajagini ifodaladi.  

Turkiyaning, Iroq va Suriyaning hududiy yaxlitligini qo’llab-quvvatlaganligini ta’kidlagan Akar, bu mamlakatlar chegarasidagi biron-bir o’zgarishni ham Turkiya tomonidan tan olinmoqchi emasligini ma’lum qildi.

General Akar Turkiya, Eron va Iroqning Iroq Kurd Mintaqaviy ma’muriyatidagi noqonuniy referendumga qarshi ko’rsatgan bir xil e’tirozga e’tibor qaratar ekan, mintaqadagi shartlar o’zgarmagudek bo’lsa unda IKMMning siyosiy, iqtisodiy va harbiy tarmoqlariga nisbatan sanksiya kiritilishi mumkinligini o’z so’ziga ilova etdi.

Aytib o’tish joizki Qurolli kuchlar Bosh shtab Boshqarmasi raisi general Hulusiy Akar, Erondagi tashrifi doirasida Eron Qurolli kuchlar Bosh shtab Boshqarmasi raisi Bakiriy, Eron Milliy Xavfsizlik Oliy Kengashi Bosh kotibi Ali Shamhoniy va Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy bilan ham uchrashdi.

 



Aloqador xabarlar