Turkiya qurolli kuchlari Iroq shimolida terroristlarga og'ir zarba berdi

“Turkiya qurolli kuchlari Iroq shimolida terror tashkilotlari va ekstremist guruhlarga tegishli ta’lim lagerlarini portlatmoqda”,-deyiladi Turkiya harbiy bosh shtabi bayonotida.

814096
Turkiya qurolli kuchlari Iroq shimolida terroristlarga og'ir zarba berdi

 

Turkiya qurolli kuchlarining Iroq shimolidagi Zap va Avashin-Basyan hududlaridagi havo harakati davom etmoqda.

Turkiya harbiy bosh shtabi bu haqda bayonot berdi.

“Turkiya qurolli kuchlari Iroq shimolida terror tashkilotlari va ekstremist guruhlarga tegishli ta’lim lagerlarini portlatmoqda”,-deyiladi bayonotda.

Harbiy harakat davomida jangovar samolyotlar tomonidan mintaqada hujumga katta tayyorgarlik ketayotgan terror ob’yektlari, boshpana, qurol va o’q-dori omborlari yo’q qilindi.

Havo kuchlari qo’mondonligiga tegishli jangovar samolyotlar Zap va Avashin-Basyan hududlaridagi PKK terror tashkilotining ta’lim lagerlarini portlatdi.

 



Aloqador xabarlar