R.T.Erdo’g’an:"Yevropa Ittifoqiga ishonchimiz qolmadi"

Turkiya Prezidenti R.T.Erdo’g’an Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a'zo bo'lish yo'lidagi muzokaralarga to'xtaldi.

813721
R.T.Erdo’g’an:"Yevropa Ittifoqiga ishonchimiz qolmadi"

Turkiya Prezidenti R.T.Erdo’g’an Istanbulda Islom hamkorlik tashkiloti ombudsmanining 1-sessiyasida nutq so’zladi.

U so’zlagan nutqida, Turkiya Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lish jarayonida amalga oshirgan yangi islohotlari balki to’liq a’zo bo’lishga yetmasligini, lekin Turkiya bu jarayonda demokratik standardlarini yuqori darajaga olib chiqqanini tilga oldi.

“Bu jarayon Yevropa Ittifoqi bilan Turkiya o’rtasida dahanaki jangga aylandi. Lekin, bu jarayonda mag’lub bo’lgan tomon aslo Turkiya bo’lmaydi”,-deydi prezident Erdo’g’an.

Kecha Germaniyada bo’lib o’tgan saylov natijalaridan ibrat olish kerakligini aytgan Erdog’an: “Insonlar hamma narsani yaqqol sezib turibdi. Bizning demokratiya va erkinlik standardlari bo’yicha hech qanday kamchiligimiz yo’q. Boshqa davlatlarning xalqlari bilan biron muammoga ega emasmiz. Aksincha, ularni boshqarayotgan hukumatlar bilan muammoga egamiz”,-dedi.

Prezidentning ta’kidlashicha, Turkiya Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lish yo’lida belgilangan majburiyatlarni to’la bajardi.

“Turkiya emas, balki Yevropa Ittifoqi o’z zimmasidagi majburiyatlarni bajarmayotir. Yevropa Ittifoqi muzokara jarayonida moddalarning muhokamasini yakunlamasdan huquqimizni toptamoqda. Yevropa Ittifoqi qochqinlar oldidagi majburiyatlarini bajarmagan holda, qolaversa bergan va’dasini bajarmagan holda ishonchni qo’ldan boy berdi”,-deydi Turkiya prezidenti.

 

 



Aloqador xabarlar