Turkiyaning Shirnak va Diyarbakir viloyatlariga qarashli tog'liq hududlarda operatsiya...

Shirnak viloyatiga qarashli tog’liq hududlarda olib borilgan operatsiyada bir guruh jangari bilan askarlar o’rtasida otishma ro’y berdi.

801459
Turkiyaning Shirnak va Diyarbakir viloyatlariga qarashli tog'liq hududlarda operatsiya...

Turkiyaning Shirnak va Diyarbakir viloyatlarida terror guruhlariga qarshi operatsiya davom etmoqda.

Operatsiyada uch jangari o’ldirildi, bir yarador jangari qo’lga tushirildi.

Shirnak viloyatiga qarashli tog’liq hududlarda olib borilgan operatsiyada bir guruh jangari bilan askarlar o’rtasida otishma ro’y berdi.

Otishmada ikki jangari o’ldirildi.

Diyarbakirning Lije tumaniga qarashli Chavundur va Bag’lan qishloqlaridagi tog’liq hududlarda bir jangarining o’ligi topildi, yaralangan bir jangari qo’lga tushirildi.

O’lik holda topilgan jangarining 2016 yilning 12 may kuni sodir bo'lgan portlashda qo’li borligi aniqlandi.

Ushbu portlashda 16 kishi halok bo’lgandi.

Jangarilarning yonida qurol, bir to’pponcha, 2 ta qo’lbola bomba, 60 kg giyohvand modda va terror guruhiga oid hujjatlar topildi.

Operatsiyada terror tashkilotiga yordam bergan ikki kishi qo’lga olindi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Diyarbakir , #otishma , #operatsiya , #Turkiya , #Shirnak

Aloqador xabarlar