Prezident Erdo'g'an, Turkiyaning Arakanga tomoshabin bo'lmasligini izohladi...

Prezident Erdo'g'an, Arakanda musulmonlarning qatl etilishiga Turkiyaning tomoshabin bo'lib qolmasligini izohladi.

800012
Prezident Erdo'g'an, Turkiyaning Arakanga tomoshabin bo'lmasligini izohladi...

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Arakanda musulmonlarning qatl etilishiga dunyo sassiz qarab tursa ham Turkiyaning tomoshabin bo'lib qolmasligini izohladi.

Turkiya Prezidenti va AK Partiya bosh rahbari Rajab Toyyib Erdo'g'an, partiyasining Istanbul viloyat rahbarligi tomonidan Halich Kongress markazidagi bayram dasturida so'zladi.

Janob Erdo'g'an ma'ruzasida, Arakandagi qatliomga to'xtalib, "Uch kundan beri Arakan bilan aloqali Islom Hamkorlik Tashkiloti davr rahbari sifatida, davlat rahbari bilan ko'rishmoqchimiz. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) bosh kotibiga qo'ng'iroq qildim, ular bilan bu mavzularni muhokama qildim, hodisalarga qarshi bir yechim yo'li topish kerakligini bildirdim" dedi.

Erdo'g'an, Arakanning geografik nuqta-i nazardan uzoq bo'lsa ham Pokiston, Hindiston va u yerdagi boshqa davlatlar misoli chuqur tarixiy rishtalari bilan Turkiyaning ko'nglida joy olganini izohladi.

Erdo'g'an, "Demokratiya liqobi ostida uyushtirilgan bu genositga ko'z yumganlarning barchasi bunga sherik. Bu insonlarning hayotiga ahamiyat bermagan, dunyo mediasi ham qatliomga sherik. Arakanda 50 yil burun 4 million bo'lgan musulmon soni qatliom va bosimlar natijasida uchdan birga tushishiga Islom dunyosining ham sassizligi boshqa bir dardu-alam. Turkiya davlati sifatida mavzuga doir bezovdaligimizni tilga keltirib, xalqaro mexanimzlarni faoliyatga o'tishga chorlab, hududda gumanitar yordamlar olib bormoqdamiz" deb so'zladi.



Aloqador xabarlar