Turkiya Prezidenti R.T.Erdo’g’on Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos bilan uchrashdi

Bo’lib o’tgan uchrashuvda Isroilning Falastinga nisbatan siyosati, Masjid Al-Aqso bilan bog’liq vaziyat muhokama qilindi.

798238
Turkiya Prezidenti R.T.Erdo’g’on Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos bilan uchrashdi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdo’g’on prezidentlik saroyida Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos bilan uchrashdi.

Bo’lib o’tgan uchrashuvda Isroilning Falastinga nisbatan siyosati, Masjid Al-Aqso bilan bog’liq vaziyat muhokama qilindi.

Isroil darhol ishg’olni to’xtatishi kerakligini tilga olgan Erdo’g’on: “Ikki davlatni o’z ichiga olgan yechim jarayoni nafaqat Falastinning, balki Isroilning ham manfaatiga xizmat qiladi”,-dedi.

Ma’lumki, Turkiya Isroilning Falastinga nisbatan noo’rin siyosatini azaldan qoralab kelgan.

Masjid Al-Aqsoga qilingan hurmatsizlikni qoralagan Erdo’g’on, muammoni hal qilishga harakat qilganini aytdi.

Turkiya Prezidenti R.T.Erdo’g’on bilan Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuvga Turkiya milliy razvedka tashkiloti rahbari Hakan Fidan va prezidentlik voizi Ibrohim Kalin ham ishtirok etdi.

Mahmud Abbos uchrashuvdan so’ng o’tkazilgan matbuot anjumanida, Falastin xalqining haq va huquqini himoya qilgan va Isroilning Falastin siyosatiga qarshi bosh ko’targan Turkiya Prezidenti R.T.Erdo’g’onga minnatdorchilik bildirdi.

“Falastin xalqi G’azoda yangi davlat tuzilishiga aslo yo’l qo’ymaydi”,-deydi Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar