Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos Turkiyada...

Mahmud Abbos va hamrohligidagi gavjum delegatsiya Ankaradagi Esenbo’g’a aeroportida Turkiya bilim, sanoat va texnologiyalar vaziri Faruk O’zlu tomonidan kutib olindi.

797728
Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos Turkiyada...

Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos Turkiya Prezidenti R.T.Erdo’g’onning taklifiga binoan Turkiyaga tashrif buyurdi.

Mahmud Abbos va hamrohligidagi gavjum delegatsiya kecha 16:20da Ankaradagi Esenbo’g’a aeroportida Turkiya bilim, sanoat va texnologiyalar vaziri Faruk O’zlu tomonidan kutib olindi.

Mahmud Abbos uch kunlik rasmiy ziyorati doirasida prezident R.T.Erdo’g’on bilan uchrashadi.

Turkiya prezidentlik saroyida Abbos sharafiga rasmiy marosim o’tkaziladi.

Ikki davlat rahbari o’rtasida bo’lib o’tadigan uchrashuvda, Turkiya bilan Falastin o’rtasidagi o’zaro munosabatlar muhokama qilinadi.

Shuningdek, Falastinda o’zaro kelishuv va tinchlik jarayonini jadallashtirish masalasi ko’zdan kechiriladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Falastin , #Mahmud Abbos , #Turkiya , #tashrif

Aloqador xabarlar