Shirnakda, bomba yuklangan mashina yo’q qilindi

TQK, terroristlar tomonidan portlaguvchi modda yuklangan mashinaning “ATAK” rusumidagi vertolyot orqali uyushtirilgan amaliyot yordamida yo’q qilinganligi, oqibatida ikki nafar terroristning ham o’ldirlganligini ma’lum qildi.

787434
Shirnakda, bomba yuklangan mashina yo’q qilindi

Turk Qurolli kuchlari, terroristlar tomonidan portlaguvchi modda yuklangan mashinaning “ATAK” rusumidagi vertolyot orqali uyushtirilgan amaliyot yordamida yo’q qilinganligi, oqibatida ikki nafar terroristning ham o’ldirlganligini ma’lum qildi.

Turkiyaning Mush va Tunjeli viloyatlarida esa PKK terror tashkilotiga qarshi uyushtirilgan amaliyotlarda, uch terrorist yo’q qilindi.

Mushda, harbiy birliklarga qarshi hujum uyushtirish tayyorgarligi ichida ekanligi aniqlangan PKK terror tashkilotiga qarshi havo orqali uyushtirilgan amaliyotda esa ikki terrorist yo’q qilindi.  

Amaliyotda, yo’q qilingan ikkala terroristga oid ko’plab o’q-dori ham qo’lga tushirildi.

Tunjelining Mazgirt tumanida ham xavfsizlik kuchlari tomonidan amalga oshirilgan amaliyotda bir terrorist, kalashnikov avtomati bilan birga o’lik ravishda qo’lga tushirildi.

Mintaqada, amaliyotlar davom etmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar