Erdog’an Germaniyaning terrorga bo’lgan muomalasini tanqid qildi

Turkiya Respublikasi Prezidenti va Adolat va taraqqiyot partiyasi rahbari Erdog’an Turkiyaning Rize viloyatida so’zlagan nutqida terror masalasiga to’xtaldi.

785800
Erdog’an Germaniyaning terrorga bo’lgan muomalasini tanqid qildi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Germaniyaning PKK terror tashkilotini qo’llab-quvvatlaganligini qayd etdi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti shuningdek, Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi Rajap Tayyip Erdog’an Turkiyaning Rize viloyatida so’zlagan nutqida terror masalasiga to’xtaldi.

Germaniyada o’tgan oyda Bosh vazirlik binosi oldidagi bir afishada o’rin olgan Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin, Saudiya Arabistoni Qiroli Salmon bin Abdulaziz va o’zining rasmining o’rin olganligini shuningdek unda “Shu diktatorlarni o’ldirgan kishi, mana shu mashinaga ega bo’ladi” degan ifodalarni eslatgan Erdog’an, bu voqeaning Bosh vazirlik binosi oldida yuz berganligini va bu vaziyatni Germaniya politsiyasining tomosha qilganligini qayd etdi. Prezident Erdog’an huddi mana shu masalaga asoslangan holda Germaniya bilan Turkiyaning terror tashkilotiga bo’lgan muomalasini solishtirdi va natijada Germaniyaning terror tashkilotini qo’llab-quvvatlaganligini ta’kidladi.      

Germaniya kantsleri Angela Merkelga avval 4 ming 500 terrorist ro’yhatining topshirilganligini ham eslatgan Erdog’an,

“4 ming 500 terrorist ro’yhati topshirishimizga qaramay hali hanuz hech qanday javob ololganimiz yo’q. O’zlari (bizda terrorist bo’lsa) talab qilishni biladi. Sud, bizda ham bor. Agar Sud qaror bersa, biz ham ana shunga qarab muomala qilamiz. Ba’zi narsalarni o’rganishlari darkor” deya gapirdi.  



Aloqador xabarlar