Turkiya sharqidagi harbiy operatsiyalar o’z samarasini bermoqda

Kecha terror tashkiloti PKKga qarshi olib borilgan operatsiyada qidiruvda bo’lgan 16 ta terrorist yo’q qilindi.

754804
Turkiya sharqidagi harbiy operatsiyalar o’z samarasini bermoqda

Turkiya qurolli kuchlari tomonidan mamlakat sharqida olib borilayotgan harbiy operatsiyalar o’z samarasini bermoqda.

Mamlakat sharqi terroristlardan tozalanmoqda.

Kecha terror tashkiloti PKKga qarshi olib borilgan operatsiyada qidiruvda bo’lgan 16 ta terrorist yo’q qilindi.

Turkiya qurolli kuchlari nafaqat mamlakat tarkibida, balki chegara ortidan turib Turkiyaga hujum qilayotgan terroristlarga qarshi ham ayovsiz kurashmoqda.

Iroqning shimoli bilan Turkiya o’rtasidagi chegara nazorat posti va harbiy zonaga hujumga tayyorgarlik ko’rayotgan terroristlarga qarshi havo operatsiyasi o’tkazildi.

Operatsiyada Iroqning shimolida joylashgan Zap hududida 6 ta terrorist, Nirva Seytu hududida 5 ta terrorist yo’q qilindi.

Turkiyaning Erzurum, Hakkari, Diyarbakir viloyatlarida jami 16 ta terrorist yo’q qilingan.

Terror tashkiloti PKKga xizmat qilgan ushbu ashaddiy terroristlar qidiruvda bo’lgan.

Siirt viloyati Pervari tumanida 2 ta terrorist xavfsizlik kuchlariga taslim bo’ldi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar