Chavusho’g’li bilan Zeybekchi rasmiy ish safari bilan Qatarda

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li bilan Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi rasmiy ish safari bilan Qatarda.

753162
Chavusho’g’li bilan Zeybekchi rasmiy ish safari bilan Qatarda

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li bilan Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi rasmiy ish safari bilan Qatarda.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li bilan Qatar Tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdurahmon al-Taniy va Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi bilan Qatar Iqtisodiyot va Savdo vaziri Shayx Ahmad bin Yassim al-Soniy bilan mushtarak va hay’atlararo uchrashuv o’tkazdilar.

Mevlut Chavusho’g’li Qatar bilan birdamlik ichida ekanliklarini shuning uchun ham Qatar bilan Ko'rfaz hamkorlik kengashi mamlakatlari o’rtasidagi masalalarni hal qilishga harakat qilayotganliklarini qayd etdi.  

Chavusho’g’li aeroportda bergan bayonotida Qatarda ekanliklaridan xursand ekanliklarini eslatar ekan, Qatar va Turkiya o’rtasidagi munosabatlarning a’lo darajada ekanligini ta’kidladi.

Tashqi ishlar vaziri,

“Qatar qardosh bir davlatdir va qatarliklar bizning qardoshimiz. Prezident Rajap Tayyip Erdog’an bilan Qatar Amiri Tamim bin Hamad al-Tani o’rtasidagi munosabat ham o’rnak tashkil etadigan saviyada. Hozirda Qatarning bir muammosi bor. Turkiya va Erdog’an ushbu muammoni hal qilish uchun qo’lidan kelganini qilmoqda. Qatarga shuning uchun keldim. Birdamlik ichida ekanligimizni ko’rsatish va Qatar bilan Ko’rfaz hamkorlik kengashi mamlakatlari o’rtasidagi masalalarni hal qilish uchun” dedi.

“Qatarning barcha muammolarga qaramay sog’lom va kuchli turishiga hamma hurmat bilan qaramoqda” degan Chavusho’g’li, Turkiyaning Qatarni qo’llab-quvvatlashi to’g’risida,

“To’g’rilarni gapirishga majburmiz. Bu degani birovlarga qarshimiz yoki birovlarni qo’llab-quvvatlamoqdamiz degani emas albatta. O’rtada noto’g’ri biron nima bo’lsa uni aytishimiz darkor. Lekin bu ‘noto’g’ri’ deyishlik ham yetarli emas. Muammoni hal qilisihimiz zarur. Qardosh mamlakatlar o’rtasida muammo bo’lishini xohlamaymiz” deya gapirdi.  

 

 



Aloqador xabarlar