Bingo’lda terror tashkiloti PKKga qarshi yuritilgan operatsiyada bir nafar askar shahid bo’ldi.

Xavfsizlik kuchlari tomonidan terror tashkiloti mansablarini ta’sirsiz holga keltirish maqsadida Gench tumaniga qarashli Yeniyazi qishloq hududida boshlatilgan operatsiya davom etmoqda.

751329
Bingo’lda terror tashkiloti PKKga qarshi yuritilgan operatsiyada bir nafar askar shahid  bo’ldi.

Bingo’lning Gench tumanida bo’lginchi terror tashkiloti PKKga qarshi operatsiyada bir nafar askar shahid  bo’ldi.

Xavfsizlik kuchlari tomonidan terror tashkiloti mansablarini ta’sirsiz holga keltirish maqsadida Gench tumaniga qarashli Yeniyazi qishloq hududida boshlatilgan operatsiya davom etmoqda.

Havodan himoya qilingan amaliyotda, terroristlar tomonidan  yerga ko’milgan va  qo’l bilan yasalgan portlovchi moddaning portlashi  oqibatida bir nafar serjant shahid bo’ldi.

Ayni hududda avvalgi  kun terroristlar  bilan xavfsizlikni saqlash kuchlari o’rtasida sodir bo’lgan to’qnashuvda bir nafar serjant shahid bo’lgan edi. Mintaqada keng ko’lamli operatsiyalar davom etmoda.

Buning bilan birgalikda, Turkiya va Iroq chegaralari birlashgan  Hakkari Tekeli hududidagi Hudud birligiga sizishga tashabbus qilgan bo’lginchi terror tashkiloti PKK mansubi 3 nafar terrorist, xavfsizlik kuchlar tomonidan aniqlandi.

Terroristlar F-16 harbiy samolyotlar bilan amalga oshirgan havo harakati bilan ta’sirsiz holga keltirildi.

Turk qurolli kuchlari tomonidan yuritilgan operatsiyalarda yangi yildan beri  mamlakat va chet elda 837 nafar halok, 62 nafar  yarador va 82 nafar qo’lga tushirilib jami 981 nafar terrorist ta’sirsiz holga keltirildi. Terror tashkiloti PKKdan qochgan 44 nafar mamlakatdan 113 nafari esa chet eldan bo’lib 157 nafar terrorist xavfsizlik kuchlariga taslim bo’ldi.

Operatsiyalarda bo’lginchi terror tashkilotiga  oid mamlakatdagi qurol va o’q- dori omborlari umuman qo’lga tushirilib yo’q qilindi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Bingo'l , #Shahid , #Serjant , #Qo'shin

Aloqador xabarlar