Turkiya bilan Ukraina Antarktikada olib boriladigan ilmiy faoliyatlarda hamkorlikni kuchaytirmoqchi

Xitoyning poytaxti Pekinda bo’lib o’tgan Antarktika bitimi muzokara yig’ilishida Turkiya bilan hamkorlikni kengaytirish xususida shartnoma tuzilgan.

745276
Turkiya bilan Ukraina Antarktikada olib boriladigan ilmiy faoliyatlarda hamkorlikni kuchaytirmoqchi

Turkiya bilan Ukraina Antarktikada olib boriladigan ilmiy faoliyatlarda hamkorlikni kuchaytirmoqchi.

Ukraina ta’lim va bilim vazirligi yozma bayonotiga ko’ra, Xitoyning poytaxti Pekinda bo’lib o’tgan Antarktika bitimi muzokara yig’ilishida Turkiya bilan hamkorlikni kengaytirish xususida shartnoma tuzilgan.

Bayonotda qayd etilishicha, bundan oldin Turkiya bilan Ukraina o’rtasida Antarktika shartnomalari bo’yicha ilmiy va texnik hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

Turkiya bilan yangi shartnoma imzolamasdan, ushbu hamkorlikni takomillashtirish xususida hamfikrlik tilga olingan.

O’tgan yili Ukraina milliy Antarktika ilmiy markazi bilan Istanbul texnik universiteti qutb tadqiqotlari markazi va Turk dengiz tadqiqotlari jamiyati o’rtasida imzolangan shartnoma doirasida turli universitetlarda Turkiya ilmiy hay’ati Ukraina bilan hamkorlikda Antarktikaga ilmiy safarlar uyushtirgan edi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Ukraina , #Antarktika , #bitim

Aloqador xabarlar