Turkiya bugun motamda

Turkiyaning Shirnak viloyatidagi vertolyot halokati 13 askarning umriga zomin bo'ldi.

743401
Turkiya bugun motamda

Turkiyaning Shirnak viloyatidagi vertolyot halokatida 13 askar shahid bo’ldi.

Qulagan vertolyotda 1 nafar general-mayor, 2 nafar polkovnik, 1 nafar podpolkovnik, 1 nafar mayor, 3 nafar kapitan, 1 nafar birinchi leytenant, 4 nafar serjant bor edi.

Shirnak viloyatining Uludere tumaniga qarashli Shenoba shaharchasidan parvoz qilgan Cougar rusumidagi vertolyot, parvoz qilganidan roppa-rosa 3 daqiqa o’tkach yirik elektr uzatish liniyalariga urinib, yerga quladi.

Shahidlar o’rasida 23- Chegara bo'limi qo'mondoni general-mayor Aydog’an Aydin ham bor edi.

Ayollar orasidagi Turkiyaning birinchi tuman jandarmeriya qo’mondoni podpolkovnik So’ngul Yakut ham vertolyot halokatida shahid bo’ldi.  

General-mayor Aydog’an Aydinning qo’mondonligida mintaqada, roppa-rosa 43 kundan beri terror tashkilotiga qarshi yirik zarba bergan keng ko’lamli amaliyot olib borilgan edi.

Shirnakdagi Davlat kasalxonasiga olib borilgan shahidlar uchun bugun Shirnakda marosim uyushtirilib ortidan har bir shahid o’zlari tug’ilib o’sgan qishloqlarga kuzatiladi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Shirnak , #vertolyot halokati

Aloqador xabarlar