Anqara bilan Berlin o’rtasidagi ( Adana) Injirlik tarangligi davom etmoqda…

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu,  Germaniya bilan o’rtamizda  sodir bo’lgan “ Injirlik inqirozi bilan aloqali,

742890
Anqara bilan  Berlin o’rtasidagi ( Adana)  Injirlik  tarangligi davom etmoqda…

Anqara bilan  Berlin o’rtasidagi ( Adana)  Injirlik  tarangligi davom etmoqda…

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu,  Germaniya bilan o’rtamizda  sodir bo’lgan “ Injirlik inqirozi bilan aloqali,

“ Bu shartlarda Injirlikni  Germaniya deputatlarining ziyoratiga ochishimiz holi hozir mumkin  emas” dedi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu, kecha mehmoni Gabon Tashqi ishlari vaziri Pacome Moubelet Boubeya bilan uyushtirgan mushtarak matbuoti anjumanida, “ İnjirlik mavzusida Germaniya  kansleri Angla Merkel bilan so’nggi kelishuvga boramiz, ortidan  Injirlikni tark etib etmasligimizga qaror beramiz .” deb baholadi.

Germaniya, Turkiyaning zidiga nima  bor bo’lsa himoya qildi degan Chavusho’g’lu, Germaniyaning Fatullahchi terror tashkiloti (FETO)ni, himoyasi, bo’lginchi terror tashkiloti PKKning Germaniyadagi faoliyatlari, Germaniyadagi Turk yurtdoshlariga qarshi tartibli bosimlari ayniqsa 16- aprelda amalga oshirilgan konstitutsiya o’zgarishdagi referendumda “ qabul” deb ovoz berganlarga bosimini Prezident Rajab Toyyib Erdo’g’anning Merkel bilan ( 25 mayda) NATO Sammitida tilga olganini ifoda etdi.

16- Apreldagi referendumda Germaniya  uslubini  ham ma’lum qildi degan Cahvusho’g’lu,

“ Hozir “ biz Injirlikka kelmoqchimiz.” Germaniya shuni anglashi kerak. “ Men Turkiyaga istaganimni qilaman   Yana Turkiyadan istaganimni olaman.” Bunday bir narsa mumkin emas. Buning davri o’tdi. Turkiyadan ijobiy bir narsalar ko’rmoqchi bo’lsangiz, Turkiyaga  qarshi dushmanona  harakat qila olmaysiz.” Men istaganimni qilaman, istagan yomonlikni qilaman, Turkiya  menim har istagimni bajo keltirsin.”  U Turkiya  orqada qoldi” deb ma’lum qildi.

Germaniya Tashqi ishlar vaziri Sigmar Gabriel bilan muammolarni oshib o’tish uchun davomli ravishda uchrashganlarini tilga olgan Chavusho’g’lu,  hamkasbimiz  Dushanba kuni Turkiyaga tashrif buyurishini ma’lum qildi.

Çavuşoğlu, “ Bu shartlarda bizning Injirlikni  Germaniya deputatlariga ochishimiz mumkin emas. Kelajakda ijobiy  qadamlar tashlasalar, buni  muhokama qilib ko’ramiz. Faqat Koniyada bir muammo yo’q. Koniya NATO harbiy bazasi. Faqat  Injirlik menim harbiy bazam.  Bu yerdagi salohiyat menga oid. Bizni  aldamasinlar. Tahdid etmasinlar. Biz boshqa yerlarga   ko’chib ketamiz.” Bu to’g’ri bir nazariya emas.” Agar muhaqqaq  ko’chib ketmoqchisiz , unday  bo’lsa biz ham qat’iylik ko’rsatmaymiz.” Dedi.

Vazir Chavusho’g’lu, Kipr muammosining  yechimiga qarata muzokaralar  muhokama qilinar ekan

Rum boshqaruvi lideri Nikos Anastasiadis Jeneva jarayonining davomi shart ekanini   aytishlari jarayoni to’xtatib  qo’ydi dedi.

Chavusho’g’lu, Kipr Rum qismining  shart qo’yishi qabul qilinmas  deb  ta’kidladi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Germaniya , #Berlin , #Injirlik , #Inqiroz

Aloqador xabarlar