Mevlut Chavusho’g’lu Janubiy Kipr Rum boshqaruvi gazetasi Fileleftherosga reportaj berdi

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu, Kipr muzokara jarayonida Shimoliy Kipr Turk Respublikasi kelishuv jihatida  qanchalik talabchan ekanini  ko’rsatdi, endi navbat Kipr Rum  qismida ekanini aytdi.

736587
Mevlut Chavusho’g’lu Janubiy Kipr Rum boshqaruvi gazetasi Fileleftherosga  reportaj berdi

 Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu, Kipr muzokara jarayonida Shimoliy Kipr Turk Respublikasi kelishuv jihatida  qanchalik talabchan ekanini  ko’rsatdi, endi navbat Kipr Rum  qismida ekanini aytdi.  Mevlut Chavusho’g’lu, Janubiy Kipr Rum boshqaruvi gazetasi Fileleftherosga bir reportaj berdi.

Vazir Chavusho’g’lu, Kipr muammosining yechimida Turkiyaning roliga tegishli bir savolga, 1960 sherik davlatni tuzgan bitimlarning  besh jihati mavjud ekanini eslatdi.

“ Shu bois orolda  maydonga chiqadigan yangi vaziyatning hayotga tatbiq etilishi mavzusida mushtarak bir sherikligimiz bordir.  Holi hozir ikki tomonning qilishi kerak bo’lgan, uch kafil  ( Turkiya- Gretsiya, Angliya) davlat bilan birgalikda keng  ko’lamli  bir yechimga erisha olish uchun yetarli siljish ta’min etish kerak. Turkiya, orolda odil va doimiy bir yechim ta’min etish uchun sa’y- harakat qilish kerak.

Barcha o’z mas’uliyatini bajo keltirsa, ijobiy rol o’ynashga davom etamiz” deb javob” berdi.

Kipr  Rumlari 2004da olingan  Annan rejasini rad etganda Prezident Erdo’g’an Kipr masalasining yechimida” bir qadam oldinda” bo’lish uchun va’da berganini ta’kidlagan Chavusho’g’lu, Turkiya Kipr Turk tomoni muzokaralarda ijobiy vaziyatlarini davom ettirish uchun davomli rag’batlantirganini ma’lum qildi.

Mavjud jarayon  ilk marotaba boshlagan 2008-dan beri farqli Turk liderlar  yechimiga qarata siyosiy irodasini davom ettirganiga diqqat qaratgan Chavusho’g’lu, bu mavzuda Turkiyaning himoyasini va ijobiy rag’batlantirishini kutamiz dedi.

Chavusho’g’lu, Turkiya, liderlar muzokaralarini  takror   boshlatgan  2014- yili 11- fevral mushtarak  bayonot berib  natijaga borish uchun  hissa qo’shadi dedi.

Kipr masalasining  hanuz  ham yechim topilmaslikning  asl sababi Kipr tomonidagi siyosiy irodasining kamchiligi degan Chavusho’g’lu,

“ Kipr Rum boshqaruvi yechimga  qarata tashabbuslarni  qabul etmasdan  davomli ravish rad etishi  bizda umidlarni puchga chiqardi. Turkiya yechimga erisha olish uchun qo’lidan kelganni qilmoqda.  Yechim yo’li topilishi uchun sa’y- harakat qilmoqda. Menimcha, Kipr Rum qismi vaziyatni davomli  yanglish tahlil qilmoqda. Muzokara etilgan bir yechim har ikki tomoning badal berishiga tayanadi.

Kipr Turk tomoni kelishuv jihatidagi talabchanligini ko’rsatdi. Endi navbat esa   Kipr Rum qismida” deb ta’kidladi.

 

 



Aloqador xabarlar