Yevropani ko’zlagan chet elliklar Turkiyadan, ko’prik sifatida foydalanmoqchi bo’ldi

Noqonuniy yo’llar orqali Yevropa davlatlariga borishni ko’zlagan va shu maqsadda Turkiyaga ham qochoq kirgan chet ellik 226 kishi qo’lga tushdi.

735812
Yevropani ko’zlagan chet elliklar Turkiyadan, ko’prik sifatida foydalanmoqchi bo’ldi

Noqonuniy yo’llar orqali Yevropa davlatlariga borishni ko’zlagan va shu maqsadda Turkiyaga kelgan 226 nafar chet ellik qo’lga tushdi.

Turkiyaning Sakariya viloyatining, Hendek tumanida noqonuniy yo’llar orqali Yevropa davlatlariga ketish maqsadida o’z yurtidan yo’lga chiqib Turkiyaga kelgan 70 nafar Afg’oniston fuqarosi bir dam olish ta’sisiga joylashtirildi.

Ularni payqagan fuqarolar vaziyat haqida jandarmeriyaga ma’lumot berdi.

Ushbu ma’lumotga binoan aytilgan manzilga yetib borgan guruh, qochishga harakat qilgan afg’onistonliklarni qo’lga tushirib, Hendekdagi tuman jandarmeriya qo’mondonligiga olib bordi.

Ularni dam olish ta’sisiga tashlab qochganlarni qo’lga tushirish uchun faoliyat boshlatildi.

Shuningdek Turkiyaning Mush viloyatida ham noqonuniy yo’llar orqali Turkiyaga kirganligi aniqlangan 28 nafar afg’onistonlik, 19 nafar pokistonlik, 5 nafar eronlik va 1 nafar bangladeshlik Milliy Politsiya idorasi xodimlari tomonidan qishloq joyda qo’lga tushirildi.

Ular haqidagi kerakli rasmiy protsedura davom etmoqda.

Turkiyaning Erzinjan viloyatida esa, yo’lda buzilgan avtobus ichida mamlakatga noqonuniy yo’llar orqali kirganligi aniqlangan va ko’pchiligi afg’onistonlik bo’lgan 103 kishi qo’lga tushdi.

Orasida ayollar va bolalarning ham borligi aniqlangan chet elliklar, kerakli rasmiy protsedura uchun hozirda viloyatning Uzumli tumaniga olib ketildi.

Avtobus haydovchisi esa qochib ketdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Yevropa , #qochoq , #noqonuniy yo'llar

Aloqador xabarlar