Chet el matbuoti kechagi Erdog’an-Trump uchrashuvga keng o’rin berdi

Chet el matbuoti Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning AQSh Prezidenti Donald Trump bilan bo’lgan uchrashuviga bugun keng o’rin berdi.

733642
Chet el matbuoti kechagi Erdog’an-Trump uchrashuvga keng o’rin berdi

Chet el matbuoti Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning AQSh Prezidenti Donald Trump bilan bo’lgan uchrashuviga keng o’rin berdi.   

CNN nashri ikkala liderning uchrashuv ortidan uyushtirgan matbuot anjumanini jonli efir orqali namoyish etdi.  

Nyu York Times gazetasi esa Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidentining, Prezident Erdog’an bilan birgalikda uyushtirgan matbuot anjumani chog’ida bergan bayonotlarini gazetaning birinchi sahifalaridayoq “Trump, terrorga qarshi kurashda Erdog’anga ittifoq sifatida maqtov yog’dirdi” degan sarlavha bilan nashr etdi.  

Nyu York Times gazetasi ushbu xabar haqida shuningdek,

“Prezident Trump Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdog’anga, islomiy ekstremizmga qarshi kurashda ishonchli hamkor sifatida maqtov yog’dirdi” degan ifodalarga o’rin berdi.   

Al Jazira esa Prezident Erdog’an bilan Donald Trumpning Oq saroyda o’tkazgan uchrashuvida turli o’zaro mavzularning qo’lga olinganligi haqida gapirdi.

Germaniyaning Xalqaro Deutsche Welle nashri esa Trumpning mushtarak matbuot anjumaniga o’rin berdi.

Deutsche Welle Trumpning, Turkiya-AQSh munosabatining a’lo darajada ekanligi va kelajakda buning yana-da rivojlanajagi haqidagi so’zlariga e’tibor qaratdi.

Gretsiyaning eng muhim gazetalaridan biri hisoblangan Kathimerini esa Anqara bilan Vashingtonning, Yaqin Sharqni barqarorsizlashtirmoqchi bo’lgan terror tashkilotlariga qarshi kurashga majbur ekanliklari haqidagi so’zlariga to’xtaldi.

 



Aloqador xabarlar