Shirnakda yana bir askar shahid bo’ldi

Turkiyaning Shirnak viloyatida, PKK terror tashkilotiga qarshi olib borilgan kurash chog'ida yana bir askar shahid bo'ldi.

731386
Shirnakda yana bir askar shahid bo’ldi

Turkiyaning Shirnak viloyati, Uludere tumanidagi Bestler Dereler qishlog’ida PKK terror tashkiloti a’zosi bilan kelib chiqgan to’qnashuvda bir askar shahid bo’ldi.

Xavfsizlik manbaalaridan olingan ma’lumotga ko’ra yuqorida nomi tilga olingan mintaqada PKK terror tashkilotiga qarshi davom etayotgan amaliyot chog’ida, tekshiruv faoliyati yuritilar ekan birdaniga terroristlar tomonidan xavfsizlik kuchlariga qarshi o’q uzilgan.

Xavfsizlik kuchlari terroristlarga qarshi javob tariqasida o’q uzar ekan oqibatida to’qnashuv kelib chiqgan. To’qnashuvda esa bir askar og’ir tan jarohati olgan.

Tan jarohati olgan askar vertolyot orqali Shirnakdagi Davlat kaslaxonasiga yotqizilgan lekin shifokorlarning barcha urinishlariga qaramay shahid bo’lgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Shirnak , #PKK terror tashkiloti , #shahid

Aloqador xabarlar