Binali Yildirim Londonda Turkiya-Angliya munosabati haqida gapirdi

Xalqaro Somaliya konferentsiyasi uchun Angliya poytaxti Londonga borib qaytgan Bosh vazir Binali Yildirim u yerda jurnalistlar savoliga javob berdi va Turkiya-Angliya munosabati haqida gapirdi.

731499
Binali Yildirim Londonda Turkiya-Angliya munosabati haqida gapirdi

Bosh vazir Binali Yildirim Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning 16-aprel kuni Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat rahbari Donald Trump bilan o’tkazadigan uchrashuvida, Suriyaning Rakka shahrini terroristlardan qutqarishga qaratilgan amaliyotning muhokama qilinajagini ma’lum qildi.

Yildirim, Xalqaro Somaliya konferentsiyasi uchun Angliya poytaxti Londonga borar ekan u yerda jurnalistlar savoliga javob berdi.

Bosh vazir kelasi hafta Prezident Erdog’an bilan AQSh Davlat rahbari Trump o’rtasida o’tkaziladigan uchrashuvning, Rakka amaliyoti doirasidagi zidlikni bartaraf etish uchun bir imkon yaratajagini qayd etdi.

Amerikaning amaldagi rahbaridan sobiq AQSh Davlat rahbari Barack Obama davridagi xatolarni takrorlamasligini umid qilganligini belgilab o’tganBosh vazir, “Turkiya, terrorga qarshi yakka o’zi ham kurasha oladigan kuchga egadir” dedi.

AQShning, PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti PYD terror tashkilotini qurol bilan ta’minlashini “jiddiy davlatlarga yarashmaydigan faoliyat” deya tariflab, AQSh rahbariyatining PKK terror tashkilotini “terror tashkiloti” deya tan olganligiga kafil ekanligini qayd etdi. Shuningdek,  AQSh Moliyasining nomi tilga olingan terror tashkilotining, moliyaviy jihatdan qanday ta’minlanayotganligini tekshirish uchun faoliyat boshlatajagini ma’lum qildi.  

Bir savolga javob tariqasida Turkiya-Angliya munosabatlarini baholagan Bosh vazir Binali Yildirim;

“Breksit” jarayoni ortidan Angliya bilan munosabatimizni orttirishimiz darkor. Angliya Yevropa ittifoqi tarkibidan chiqganidan keyin Turkiya Angliya bilan erkin savdo kelishuvi tayyorlaydi va eng qisqa vaqt ichida nomi tilga olingan kelishuvga qo’l qo’yiladi” deya gapirdi.

Bosh vazir Binali Yildirim, kelajak uchun bir yo’l chizishi kerakligini belgilab o’tgan Yevropa ittifoqining byurokratik davlatga aylanganligini tanqid qildi.

 



Aloqador xabarlar