Gazprom “Turk oqimi” loyihasining dengizdagi bo’limini qurish faoliyatlarini boshladi

Qoradengiz tagidan olib o'tiladigan birinchi tarmoq orqali Turkiyaga, ikkinchi tarmoq orqali Yevropaga tabiiy gaz yetkazilishi ko’zda tutilgan.

727626
Gazprom “Turk oqimi” loyihasining dengizdagi bo’limini qurish faoliyatlarini boshladi

Rus energiya shirkati Gazprom “Turk oqimi” loyihasining dengizdagi bo’limini qurish faoliyatlarini boshladi.

Dastlabki bosqichda dengiz tubiga quvurlar joylashtiriladi.

Gazprom shirkati ma’lum qilishicha, “Turk oqimi” loyihasi rejaga muvofiq amalga oshirilmoqda. Qoradengiz tagidan ikkita ulkan quvur tarmoq olib o’tiladi.

Ma’lum bo’lishicha, qurilish “AllSeas” shirkatiga tegishli “Audacia” nomli kema vositasida olib boriladi.

Qoradengizning eng chuqur joylariga quvur joylashtirish jarayoni “Pioneering Spirit” nomli kema vositasida amalga oshiriladi.

Ma’lumki, o’tgan yilning oktyabr oyida Rossiya va Turkiya o’rtasida imzolangan shartnomaga ko’ra, har biri yilda 15.75 mlrd kub metr hajmga ega bo’lgan ikkita quvur tarmog’ining qurilishi rejalashtirilgandi.

Birinchi tarmoq orqali Turkiyaga, ikkinchi tarmoq orqali esa, zarur kafolat berilgan taqdirda Yevropaga tabiiy gaz yetkazilishi ko’zda tutilgan.

Rossiya va Turkiya o'rtasida "Turk oqimi" tabiiy gaz quvurini qurish kelishuvi haqidagi qonun 7 fevralda imzolangandi.

Uning amalga oshirilishiga Rossiya tomondan "Gazprom", Turkiya tomondan "Botash" kompaniyasi javob beradi.

Gaz quvurining qurilishi Rossiya Prezident Vladimir Putin va Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'anning 3 maydagi uchrashuvidan 4 kun o'tgach boshlandi.

Uchrashuvda tomonlar "Turk oqimi" qurilishi bilan bog'liq masalalarni muhokama qilishgandi.

O'shanda Gazprom direktori Miller Putinga quvurning dengiz tubidagi qurilishini boshlashga tayyorligini ma’lum qilgandi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar