Bosh vazir Binali Yildirimning Moldoviya ziyorati davom etmoqda

Binali Yildirimning Moldoviyaga bo’lgan rasmiy ziyorati Davlat mehmonxonasidagi kutib olish marosimi bilan boshladi.

726931
Bosh vazir Binali Yildirimning Moldoviya ziyorati davom etmoqda

Bosh vazir Binali Yildirim Moldoviyada kecha turk ishbilarmonlari bilan uchrashdi.

Matbuotga yopiq ravishda o’tkazilgan ushbu uchrashuvda Bosh vazir o’rinbosari Tug’rul Turkesh, Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, Mexnat va ijtimoiy xavfsizlik vaziri Mehmet Muezzino’g’li, Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi ham ishtirok etdi.

Binali Yildirimning Moldoviyaga bo’lgan rasmiy ziyorati Davlat mehmonxonasidagi kutib olish marosimi bilan boshladi.

Yildirim va kasbdoshi Pavel Filip eng avvalo o’zaro ortidan esa hay’atlararo uchrashuv o’tkazdilar.

Shartnomalarga qo’l qo’yilganidan keyin uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida Bosh vazir Yildirim, Fetullahchi terror tashkiloti Parallel Davlat tuzilmasining to’ntarish tashabbusi chog’ida Moldoviyaning Turkiyani yolg’iz qo’ymaganligi eslatilib,

“Moldoviya Turkiyaning do’sti sifatida Turkiyaga ziyon yetkazadigan hech qaysi tashkilot yoki faoliyatni bugungacha qo’llab-quvvatlagani yo’q. Bundan keyin ham qo’llab-quvvatlamaydi. Bunga ishonchimiz komil. Shunday ekan biz Moldoviya hukumati va xalqiga chuqur minnatdorchilik bildiramiz” dedi.

Moldoviya Bosh vaziri Pavel Filip esa, Moldoviyaning, Turkiyadagi to’ntarish tashabbusini qoralaganligini bildirdi.

Turkiyada qo’l urilgan va boshqa teraktlarni ham qoralaganliklarini ifodalagan Moldoviya Bosh vaziri uchrashuvda shuningdek, xavfsizlik masalalarining ham qo’lga olinganligini eslatdi.

Kun davomida Moldoviya Prezidenti Igor Dodon va Parlament raisi Andrian Jandu tomonidan ham alohida-alohida qabul qilinadigan Bosh vazir Binali Yildirim, Sotsialist partiya raisi Zinaida Grejianii bilan ham uchrashadi.

Bosh vazir ushbu uchrashuvlar ortidan navbatdagi Jahon Gagauz kongressida ishtirok etish uchunGagauz yeri avtonom mintaqasiga jo’nab ketadi.

 

 

 



Aloqador xabarlar