Nurettin Janikli:"Referendumdan so'ng Turkiya iqtisodiyotida ijobiy o'sish kuzatildi"

Londonda jurnalistlarning savollariga javob bergan Janikli Turkiya iqtisodiyotiga doir ma’lumot berdi.

725547
Nurettin Janikli:"Referendumdan so'ng Turkiya iqtisodiyotida ijobiy o'sish kuzatildi"

Turkiya bosh vazir o’rinbosari Nurettin Janikli Angliyaning poytaxti Londonda bir qator muzokaralar o’tkazmoqda.

Londonda jurnalistlarning savollariga javob bergan Janikli Turkiya iqtisodiyotiga doir ma’lumot berdi.

Uning aytishicha, Turkiyada referendum natijasida prezidentlik rejimi joriy etilgani, konstitutsiyaga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritilganidan so’ng, nafaqat davlat iqtisodiyoti, balki Turkiyaning siyosiy jihatdan oldi ochilganini aytdi.

Qolaversa, mamlakatda ta’minlangan ijobiy muhit barcha sohalarda o’z aksini topmoqda.

Kredit darajalantirish tashkilotlarining hisobotlari me’yorsiz ekaniga diqqat qaratgan Janikli: “Agar o’z o’lchovida qaror olingan bo’lsaydi, 2016 yildagi o’sish ko’rsatgichi ma’lum bo’lgach, balni pasaytirish qarorini ko’zdan kechirishi zarur edi. Lekin, buni amalga oshirmadilar”,-dedi.

Ma’lum qilinishicha, oxirgi inflyatsiya raqamlari talabga javob beradi, shu sababli foizlar tushirilishi kerak.

Asosan, foizlarning inflyatsiyaga ko’rsatgan ta’siri katta ekanini aytgan Nurettin Janikli kelgusi davrda foizlarni tushirish asosiy vazifalardan biri bo’lishini tilga oldi.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar