24-25 may kunlari Turkiya bilan Yevropa Ittifoqi o’rtasida sammit o’tkaziladi

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li ma'lum qilishicha, yevropalik ba’zi liderlar ushbu sammit doirasida Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an bilan uchrashmoqchi.

724830
24-25 may kunlari Turkiya bilan Yevropa Ittifoqi o’rtasida sammit o’tkaziladi

 

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Turkiya bilan Yevropa Ittifoqi o’rtasida 24-25 may kunlari sammit o’tkazilishini ma’lum qildi.

Mavlud Chavusho’g’li: “Shu yilning 24-25 may kunlari NATO mezbonligida va Yevropa Ittifoqi liderlari ishtirokida sammit o’tkaziladi. Sammitda siyosiy muzokaralar o’tkaziladi. Keyinroq, Turkiya-Yevropa Ittifoqi sammiti o’tkaziladi”,-dedi.

Uning aytishicha, yevropalik ba’zi liderlar ushbu sammit doirasida Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an bilan uchrashmoqchi.

Turkiya-Yevropa Ittifoqi sammitiga tayyorgarlik maqsadida yevropalik bir qator mutahassis shu kunlarda Turkiyaga tashrif buyuradi va zarur faoliyatlarni muhokama qiladi.



Aloqador xabarlar